UEFA “Lion” - CSKA o'yini yuzasidan ish ochdi
19 mar 2018 22:57
Yangiliklar
UEFA “Lion” - CSKA o'yini yuzasidan ish ochdi
UEFA tartib-intizom qo'mitasi Evropa Ligasi 1/8 final javob uchrashuvi doirasidagi “Lion” - CSKA o'yini yuzasidan ish ochdi.
Lion shahrida o'tgan o'yinda muxlislar tomonidan tartibsizliklar yuzaga keltirilgandi. Bu bilan bir nechta reglament bandlarining buzilish holatlari aniqlangan edi.
O'sha o'yinda “Lion” Moskva armiyachilariga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Francuzlar Moskvadagi o'yinda zafar quchishganiga qaramay, o'z maydonlarida ko'proq gol o'tkazib yuborganliklari uchun kurashni to'xtatishgandi.
“Lion” muxlislari mag'lubiyatni hazm qila olmay, maydonga turli buyumlar uloqtirib, pirotexnika vositalaridan foydalanishgandi. Bundan tashqari mehmon futbolchilariga nisbatan irqchilik munosabatida bo'lishgandi. UEFA bu ishni 31 may kuni ko'rib chiqadi.

Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar