UEFA Konferenciyalar Ligasi "kambag'al jamoalar" musobaqasimi? (batafsil)
23 may 2021 15:15
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/638912_original.jpg)
![](/upload/storage/638912_220.jpg)
UEFA Konferenciyalar Ligasi "kambag'al jamoalar" musobaqasimi? (batafsil)
Uning yaratilishi Evropa Ligasi obro'sining oshishi, daromadlarining ko'payishi, teleradiokompaniyalar uchun yangi imkoniyatlar va bir qator mamlakatlardagi kuchli bo'lmagan jamoalarni tanitish uchun xizmat qiladi. SHu vaqtgacha Evropa Ligasida 48 ta jamoa (yani bir kunda 24 ta uchrashuv) qatnashar, bu esa turnirga bo'lgan qiziqish va keladigan daromadga keskin tasir o'tkazardi.
Yangi musobaqa tashkil qilingandan keyin Evropa Ligasida qanday o'zgarishlar yuz beradi?
- 2021/22 yilgi mavsumdan boshlab saralash bahslari avvalgidek 4 emas, 2 bosqichdan iborat bo'ladi;
- ilk bosqichda 16 ta ishtirokchi bo'ladi: 13 tasi ECHL 2-saralash raundidan o'ta olmagan jamoalar va 3 tasi milliy kuboklar (UEFA reytingida 14-16-o'rinda turgan mamlakatlar)da zafar quchgan jamoalar;
- pley-off bosqichida 20 ta ishtirokchi bo'ladi: 8 tasi ilk bosqichdan o'tganlar, 6 tasi ECHL 3-saralash raundidan o'ta olmagan jamoalar va 6 tasi milliy kuboklar (UEFA reytingida 8-13-o'rinda turgan mamlakatlar)da zafar quchgan jamoalar;
- 2021/22 yilgi mavsumdan boshlab Evropa Ligasi guruh bosqichida avvalgidek 48 emas, endi 32 jamoa ishtirok etadi: 10 tasi pley-offda g'alaba qozonganlar, 10 tasi ECHL pley-offidan o'ta olmagan jamoalar, 4 tasi milliy chempionatlar (UEFA reytingida 1-4-o'rinda turgan mamlakatlar)da 5-o'rinni olgan jamoalar, 7 tasi milliy kuboklar (UEFA reytingida 1-7-o'rinda turgan mamlakatlar)da zafar quchgan jamoalar va bittasi Franciya chempionati (UEFA reytingida 5-o'rinda turgan mamlakat)da 4-o'rinni olgan jamoa;
- yuqoridagi 32 jamoa 4 tadan 8 guruhga ajratiladi va ularda 1-pog'onani egallagan jamoalar to'g'ridan-to'g'ri 1/8 finalga chiqadi. 2-o'rin egalari esa ECHL guruh bosqichida 3-pog'onani olgan jamoalar bilan qo'shimcha o'yin o'tkazadi va mazkur juftliklarda g'olib bo'lganlar ham 1/8 finalga yo'l oladi;
Muhim fakt: 2022/23 yilgi mavsumdan UEFA Konferenciyalar Ligasi g'olibi to'g'ridan-to'g'ri Evropa Ligasi guruh bosqichida qatnashish huquqini qo'lga kiritadi. SHu tufayli saralash bosqichida biroz o'zgarish yuz berishi mumkin.
Evropa Ligasidagi o'zgarishlar bilan tanishib chiqdik. Biroq, UEFA 2024 yildan boshlab musobaqa formatini o'zgartiradi va guruh bosqichi bo'lmaydi – uning o'rnini shvecarcha tizimda o'tkaziladigan turlar egallaydi.
Endi UEFA Konferenciyalar Ligasiga formatiga to'xtalsak
- Evropa Ligasi va ECHLdan farqli ravishda yangi musobaqada hech qaysi jamoa avtomatik ravishda guruh bosqichga yo'l olmaydi. Aniqrog'i, final bosqichi ishtirokchisi uchta saralash va pley-off raundidan so'ng malum bo'ladi.
- ilk saralash raundida 72 ta ishtirokchi bo'ladi: 26 tasi milliy kuboklar (UEFA reytingida 30-55-o'rinda turgan mamlakatlar)da zafar quchgan jamoalar, 25 tasi milliy chempionatlar (UEFA reytingida 30-55-o'rinda turgan mamlakatlar)da 2-o'rinni olgan jamoalar, 21 tasi milliy chempionatlar (UEFA reytingida 29-50-o'rinda turgan mamlakatlar)da 3-o'rinni olgan jamoalar
- ikkinchi saralash raudida 110 ta ishtirokchi bo'ladi: 36 tasi ilk bosqichdan o'tganlar, 20 tasi ECHL ilk saralash raundidan o'ta olmagan jamoalar, 14 tasi milliy kuboklar (UEFA reytingida 16-29-o'rinda turgan mamlakatlar)da zafar quchgan jamoalar, 14 tasi milliy chempionatlar (UEFA reytingida 16-29-o'rinda turgan mamlakatlar)da 2-o'rinni olgan jamoalar, 16 tasi milliy chempionatlar (UEFA reytingida 13-20-o'rinda turgan mamlakatlar)da 3-o'rinni olgan jamoalar, 9 tasi milliy chempionatlar (UEFA reytingida 7-15-o'rinda turgan mamlakatlar)da 4-o'rinni olgan jamoalar, bittasi Portugaliya chempionati (UEFA reytingida 6-o'rinda turgan mamlakat)da 5-o'rinni olgan jamoa.
- uchinchi saralash raudida 62 ta ishtirokchi bo'ladi: 55 tasi 2-bosqichdan o'tganlar, 6 tasi milliy chempionatlar (UEFA reytingida 7-12-o'rinda turgan mamlakatlar)da 3-o'rinni olgan jamoalar, bittasi Portugaliya chempionati (UEFA reytingida 6-o'rinda turgan mamlakat)da 4-o'rinni olgan jamoa.
- pley-off bosqichida 44 ta ishtirokchi bo'ladi: 31 tasi 3-bosqichdan o'tganlar, 8 tasi Evropa Ligasi saralashining ilk raundidan o'ta olmagan jamoalar, 4 tasi milliy chempionatlar (UEFA reytingida 1-4-o'rinda turgan mamlakatlar)da 7-o'rinni olgan jamoalar, bittasi Franciya chempionati (UEFA reytingida 5-o'rinda turgan mamlakat)da 6-o'rinni olgan jamoa.
- UEFA Konferenciyalar Ligasi guruh bosqichida 32 ta ishtirokchi bo'ladi: 22 tasi pley-offdan o'tganlar, 10 tasi Evropa Ligasi pley-offidan o'ta olmagan jamoalar.
- yuqoridagi 32 jamoa 4 tadan 8 guruhga ajratiladi va ularda 1-pog'onanni egallagan ishtirokchilar 1/8 finalga yo'l oladi.
- 1/8 finalda yuqoridagi 8 jamoaga Evropa Ligasi guruh bosqichida 3-o'rinni olgan 8 jamoa qo'shiladi va ular chorak finalga chiqish uchun kurashadi
P.S. Jamoalar taqsimotini tushunish uchun UEFA reytingiga qarash lozim. To'liq ro'yxat bilan quyidagi link orqali tanishing.
UEFA Konferenciyalar Ligasi haqida qo'shimcha malumotlar:
*Saralash raundi 8 iyuldan 26 avgustgacha davom etadi.
*Guruh bosqichi 16 sentyabrda boshlanadi va 9 dekabrda tugaydi.
*O'yinlar qachon bo'ladi – haftaning payshanba kunlari, Toshkent vaqti bilan 22:45 va 01:00 da start olishi ko'zda tutilgan.
*Musobaqaning ilk finali 25 may kuni Albaniya poytaxti Tiranadagi “Milliy Arena”da o'tishi rejalashtirilgan.
*Bosh sovrinning rasmiy ko'rinishi tez orada taqdim etiladi.
*Sovrin jamg'armasi haqida hozircha aniq malumot berilmagan.
*Darvoqe, "Sport" telekanali UEFA Konferenciyalar Ligasining translyaciya huquqini qo'lga kiritgan.
UEFA Konferenciyalar Ligasidan maqsad nima o'zi? Evropa Ligasi va ECHL kabi turnirlarda qatnasha olmaydigan yoki bu turnirlarni saralashda tark etadigan, autsayder hisoblangan jamoalarga qo'shimcha imkoniyat taqdim etish. UEFA yangi musobaqa orqali barcha konfederaciyalarini qamrab olmoqchi. Musobaqada faqat nomi chiqmagan jamoalar bo'ladi deb hisoblash noto'g'ri. Unda TOP-5 ligalari vakillari, Portugaliya, Niderlandiya. Rossiya kabi mamlakatlarning taniqli jamoalari ham ishtirok etishi mumkin.
Eldor Akmurzaev tayyorladi
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar