UEFA ECHL va Evropa ligasidan keyingi o'rinda turuvchi musobaqaga nom tanladi
11 sen 2019 21:19
Yangiliklar


UEFA ECHL va Evropa ligasidan keyingi o'rinda turuvchi musobaqaga nom tanladi
UEFAning uchinchi o'rinda turuvchi musobaqasi Konferenciya ligasi deb nomlandi.
Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda. Manbaning malumotiga ko'ra, birinchi turnir 2021/2022 yilgi mavsumda o'tkaziladi. Musobaqa formati CHempionlar ligasidek tuziladi — 32 jamoa, 8 guruh. Guruhning birinchi o'rin egalari 1/8 finalga to'g'ridan-to'g'ri yo'l olishsa, ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoalar Evropa ligasi guruh bosqichida 3-pog'onani band etgan klublar bilan nimchorak final yo'llanmasi uchun bellashishadi. Konferenciya ligasi g'olibi esa keyingi mavsum Evropa ligasida qatnashish huquqini ko'lga kiritadi.
Eslatib o'tamiz, ECHLning amaldagi chempioni "Liverpul", "CHelsi" klubi esa EL g'olibi hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar