

UEFA Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi o'yinchisi bo'lish uchun 8 nafar nomzodni e'lon qildi. Unga ko'ra, Krishtianu Ronaldu ("Real"), Xarri Keyn ("Tottenxem"), Lorenco Insine ("Napoli"), Robert Levandovski ("Bavariya"), Eden Azar ("Chelsi"), Neymar (PSJ), Timo Verner ("Leyptsig") va Yannik Ferreyra-Karrasko ("Atletiko")lar eng yaxshi bo'lishga da'vogarlik qilishmoqda. G'olib UEFA rasmiy saytida o'tkazilayotgan ovoz berish jarayonida aniqlanadi. Unda siz ham ovoz berishingiz mumkin.




