UEFA CHaqirni chetlatmadi
06 okt 2021 22:10
Yangiliklar
UEFA CHaqirni chetlatmadi
JCH-2022 saralash bosqichi doirasida Germaniya va Ruminiya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvga turkiyalik hakam Juneyt CHaqir tayinlandi.
Bu shuni anglatadiki, garchi Italiyada ko'pchilik hakam ishdan chetlatilishiga ishonishgan bo'lsa-da, UEFA CHaqirga nisbatan hech qanday sankciya qo'llamadi.
"Milan" va "Atletiko" o'rtasidagi CHempionlar ligasi o'yinidan so'ng Juneyt CHaqir jiddiy tanqidlarga duch kelgandi. Italiya klubi hatto hakamning xatti-harakatlari ustidan rasmiy shikoyat ham bergan.
Eslatib o'tamiz, "Milan" o'z uyida "Atletiko"ga 1:2 hisobida yutqazdi. Turkiyalik hakam uchrashuv yakunlanayotgan bir pallada "rossonerlar" darvozasi tomon shubhali penalti belgiladi, uni esa Luis Suares golga aylantirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar