So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  6 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  71 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  11 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

"Udineze" bilan o'yindan avval ham Ronaldu qolishiga ishonchimiz komil edi" Yangiliklar

"Udineze" bilan o'yindan avval ham Ronaldu qolishiga ishonchimiz komil edi"

"Yuventus"ning yangi sport direktori Federiko Kerubini Tuttosport"ga katta intervyu berdi.

Etiboringizga uning eng muhim joylari tarjimasini taqdim etamiz.   

️"Bizda yangi loyiha mavjud – tarkibni yoshartirishni maqsad qilganmiz. Avval jamoada "og'ir vaznli", ulkan tajribaga ega futbolchilar bo'lardi, endi urg'uni murabbiy asta-sekin rivojlantirishi zarur bo'lgan futbolchi salohiyatiga beramiz. Asosiy maqsad o'zgarmaydi – faqat g'alaba, shunchaki boshqa yo'l bilan".

️"Biz Primaveradan chiqayotgan futbolchilar hech qaerga ijara ketmay, to'g'ridan-to'g'ri asosiy tarkibga qo'shilishi istaymiz. Alvaro Morata faoliyati bunga ideal misol bo'la oladi.


U Kastilyada o'yinlarini davom ettirganida ham asosiy jamoa safida ham maydonga tushardi. SHanba kuni u "Real" zaxirasida qolsa, yakshanba kuni – Kastilya safida maydonga tushardi. SHunga o'xshash tizim boshqa qator mamlakatlarda qo'llaniladi".

️"Kelajagi bor, salohiyatli futbolchilar – hech kim tanimaydigan o'smirlar emas, malum darajaga etgan, turli terma jamoalar o'yinchilaridir. Oxirgi katta qadam, eng muhim bosqichdan o'tishi zarur bo'lgan iqtidorlar".

️"Biz qancha mablag'ni transferlarga sarflashimiz mumkinligini bilamiz va keyingi transfer oynalari uchun reja ishlab chiqib bo'lganmiz. Biroq, albatta bozordagi vaziyatga, voqealar rivojiga qaraymiz. Asosiysi – bu yosh futbolchilarni xarid qilish".

️"Biz Xolandni "Molde"daligidayoq sotib olmaganimizdan afsuslanmayman desam, ahmoqlik bo'ladi. Lekin yosh futbolchilarni yangi jamoasiga qo'shilib ulgurmay, ijaraga ketishi mumkinligi tashvishga soladi. "Yuventus" varianti unga qolgan takliflar orasida nisbatan kamroq qiziqish uyg'otgan".


️"Kayo Jorje bizning yangi strategiyamizga juda mos tushadi. U ulkan salohiyat sohibi hisoblanadi. Bizda esa uni darhol asosiy jamoaga ro'yxatdan o'tkazish va maydonga tushirish imkoniyati mavjud. Biz yana bir yosh futbolchi (2002 yil) – Ixatterenani xarid qildik. Ammo hozir uning poziciyasida raqobat juda kuchli. U boshqa qitadan kelgani yo'q, etarlicha o'yin amaliyotiga ega, shuning uchun u o'sishi uchun o'ynashi zarur, buning uchun ijara yaxshi variant. Kayo esa biz bilan o'sishi mumkin, jamoamizahda Evropa futboliga moslashishi mumkin".

️"Biz Ronalduni olib qola olmasdik. Bazi qarorlarni muhokama qilib bo'lmaydi. Klub istalgan futbolchidan muhimroq va bu to'g'ri yo'l bo'lmasdi. Klub kelajagi uchun ham chalg'imaslik, bor etiborni maqsadga qaratish zarur edi. Savol Ronalduni o'rnini qanday to'ldirish borasida emasdi, biz shunchaki bir qadam oldinroqni ko'rish, kelajakni taxmin qilib, Krishtianuning shartnoma muddati yakunlanganida qanday yo'l tutardik, degan savolga javob topish kerak edi".

️"Biz Ronalduni Kinga alishtirmadik. Ronalduni alishtirib bo'lmaydi. Uning ketishi – CR7"ning "Yuve"dagi davri yakunlanganini bildiradi. Endi yangi davr boshlanmoqda va Kinning xaridi yangi strategiyamizga mos kelardi. Biz "Yuventus"da klub tarbiyalanuvchilari uchun ham imkoniyatlar etarliligini ko'rsatmoqchimiz. Bu Ronalduning ketishi sabab shoshilinch qabul qilingan qaror emas".


"Udineze" bilan o'yindan avval biz Ronaldu qolishiga ishonchimiz komil edi. Biroq bu vaziyatning oxiri boshqacha bo'lishi mumkin ham emasdi – u qaror qabul qildi. Biz uni qolishga majburlolmasdik. Prezidentimiz aytganidek: "Bizning tariximizni buyuk futbolchilar, murabbiy va funkcionerlar yozgan, ammo klub – eng qadrlisi". Ronalduga hurmatni saqlagan holda – uning vaziyatida ham principlar o'zgarmadi".

"Allegri – loyihamiz uchun eng maqul nomzod. U klubni juda yaxshi biladi, har bir detalni etibordan chetda qoldirmaydi va futbolchilar kuchayishi uchun zamin yaratadi".

️"Biz Dibala bilan shartnomani uzaytirishni istaymiz. Bu birinchi navbatda Allegrining istagi. Men xotirjamman. Dibala – loyiha markazida. Biroq bu u "Yuventus"ni bir o'zi ortidan ergashtirishi zarur degani emas".



️"Nega biz Donnarummani sotib olmadik? Bizni darvozabonimiz bor va unga to'liq ishonamiz. SHu sabab yangi kiper olib kelish ustuvor vazifa emasdi. Biz PSJ qilgan ish maqsadga muvofiq emas, deb o'yladik – endi ularda ikkita top darajadagi darvozabon bor".


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика