So’nggi yangiliklar

12:05Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Москвага жўнаб кетди  0 11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  0 10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  48 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0 09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  6 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  10 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  3 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  2 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  3 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  2 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  6 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  14 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0

Uchqun Qobilov: "Dinamo"ning ikki o'yinda 16 ta gol urgani jamoaning o'z o'yinini topib olganidan dalolat" Yangiliklar

Uchqun Qobilov: "Dinamo"ning ikki o'yinda 16 ta gol urgani jamoaning o'z o'yinini topib olganidan dalolat"

Dinamo - G'ijduvon (8:0) uchrashuvidan so'ng Dinamo katta murabbiyi Uchqun Qobilovning o'yin borasidagi fikrlari bilan qiziqdik.

- Ajoyib g'alaba bilan tabriklaymiz. 8:0 hisobida yakunlangan bu o'yin Dinamo uchun joriy mavsumdagi eng oson bahs bo'ldi, desak qo'shilasizmi?

- To'g'risini aytganda, chindanam oson g'alabaga erishdik. Ammo bu faqat raqibning kuchsiz o'yin namoyish etganidan emas, jamoamizning o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rgani va ayni damda jismoniy holati yaxshi ekanligini bildiradi. Har qanday holatda ham biz raqiblarni hurmat qilib, har bir bahsga jiddiy tayyorgarlik bilan maydonga tushamiz.

- Ketma-ket ikkinchi o'yinda 8:0 hisobidagi g'alaba qo'lga kiritildi. Ikki o'yinda 16 gol urish nimadan dalolat?


- SHuni aytishim mumkinki, bugungi kunga kelib Dinamo jamoasi futbolchilari mavsumdagi eng yaxshi sport formasiga kirib ulgurishdi. Yodingizda bo'lsa, 1-2 oy oldin jamoamiz o'yindan-o'yinga yaxshiroq sport formasiga kiradi degan edim. Bugunga kelib biz kutgan jismoniy holat va jamoaning sport formasi eng yuksak holatga keldi. So'nggi ikki bahsda 16 ta gol urganimiz jamoamizning o'z o'yinini topib olganini bildiradi. Yigitlar maydonda bir-birlarini yaxshi tushunib harakat qilishmoqda. Bu borada to'xtab qolmasdan, o'sishda davom etishimiz shart. Ayniqsa, yozgi tanaffusdan foydalanib tayyorgarlik ishlarini yanada yaxshiroq olib borishga intilamiz.

- Bugun bir qator etakchi futbolchilar barvaqtroq zaxiraga olindi. Bu keyingi o'yindagi Nurafshon bilan bahs uchun qilindimi?


- Yo'q, bu keyingi o'yin uchun qilinmadi. Biz bitta tarkibni emas, butun jamoani maydonga tushirib, o'yin amaliyotiga ega bo'lishini istaymiz. Yani, jamoaning asosiy tarkibi faqat 11 futbolchidan emas, butun jamoadan iborat bo'lishi lozim. Har bir yosh futbolchimizni istalgan payt asosiy tarkibga tushira olishimiz kerak. SHu uchun ularni o'yin tushurib, tayyorlayapmiz.

Dinamo Matbuot xizmati.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика