So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  2 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  6 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  102 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  848 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Uchinchi bor o'tkazilayotgan "China Cup" haqida Yangiliklar

Uchinchi bor o'tkazilayotgan "China Cup" haqida

"China Cup International Football Championship" deb nomlangan musobaqa "Wanda Sports Holdings" tomonidan tashkil etib kelinmoqda.

Ushbu turnir 2017 yildan buyon muntazam ravishda o'tkazilmoqda. Dastlabki musobaqa 2017 yil yanvar oyida tashkil etilgan va unda mezbon Xitoydan tashqari Xorvatiya, Islandiya va CHili terma jamoalari ishtirok etgan. Finalda Janubiy Amerika qitasi vakili Islandiyani 1:0 hisobida taslim qilib, "China Cup" musobaqasining dastlabki chempioniga aylangan.

O'tgan yilgi musobaqada Xitoy bilan birga Urugvay, Uels va CHexiya terma jamoalari ishtirok etishgan. Xuddi bu yilgidek mart oyida tashkil etilgan musobaqada Oskar Tabares boshchiligidagi Urugvay finalda Garet Beyl jamoadoshlarini 1:0 hisobida taslim qilgan edi.



Bu yilgi "China Cup"da tarixda ilk bor Evropa qitasidan jamoa qatnashmaydi va Osiyoning o'zida bir yo'la uch terma jamoa ishtirok etadi. Mezbonlardan tashqari O'zbekiston, Tailand va o'tgan yilgi chempion Urugvay chempionlik uchun kurash olib borishadi.

Etiborlisi uchinchi bor tashkil etilayotgan "China Cup" musobaqasi uchinchi bor Xitoyning Guansi avtonom tumanidagi Nanning shahar okrugida bo'lib o'tadi. Turnir bu safar ham yarim finaldan boshlanadi. O'zbekiston terma jamoasi Urugvay bilan, Xitoy esa Tailand bilan finalga chiqish uchun o'ynaydi. G'oliblar finalda, mag'lublar uchinchi o'rin uchun bahsda maydonga tushishadi. Yani to'rt jamoa ham ikkitadan uchrashuvda ishtirok etadi. Dastlabki yarim finalda Tailand musobaqa mezbonini 1:0 hisobida mag'lub etdi va finalga yo'l oldi.

Xitoy yanvar oyida o'tgan Osiyo Kubogining chorak finalida Eronga yutqazib qo'yib musobaqani tark etdi. Jamoa bosh murabbiyi Marchello Lippi qanday natija bo'lsa ham musobaqadan keyin o'z lavozimini tark etishini aytgandi. Hozircha Xitoy futbol Associaciyasi terma jamoaga yangi bosh murabbiy topgani yo'q. SHu bois "China Cup"da jamoani vaqtinchalik "Guanchjou Evergrand" ustozi Fabio Kannavaro boshqarib turadi. Tarkibga nazar tashlaydigan bo'lsak Osiyo Kubogida qatnashgan 14 nafar futbolchini Kannavaro bo'lajak musobaqaga chaqirgani yo'q. CHaqirilmagan orasida tajribali Jeng Ji, Zao Ksyuri, YU Xanchao, Gao Lin, YU Dabao va Ispaniyaning "Espanol" klubiga ko'chib o'tgan Vu Ley yo'q. Bundan ko'rinib turibdiki Xitoyda avlodlar almashinuvi boshlandi.



Tailandda esa vaziyat boshqacharoq. Osiyo Kubogi vaqtida yordamchi murabbiydan bosh murabbiyga aylangan Sirisak Yodyardtai hozirgi kunda ham terma jamoada ishlamoqda. U asosiy etiborni Osiyo Kubogida ishtirok etgan futbolchilarga qaratgan. BAAga borgan atigi 4 o'yinchi "China Cup"da ishtirok etmaydi xolos.

O'tgan yilgi chempion Urugvay bu yilgi musobaqada ham yaqqol favorit hisoblanadi. Oskar Tabares boshchiligidagi jamoa safida Evropaning grand klublarida o'ynayotgan futbolchilar bor. Fernando Muslera, Diego Godin, Martin Kaseres, Xose Ximenes, Lukas Torreyra, Kristian Stuani kabi futbolchilar 22 mart kuni O'zbekiston terma jamoasiga qarshi maydonga tushishlari kutilmoqda. Afsuski "Barselona" hujumchisi Luis Suares "Betis" bilan bahsda jarohat oldi va "China Cup"ni o'tkazib yuboradigan bo'ldi. Yozda Urugvay Braziliya mezbonlik qiladigan "Kopa Amerika" musobaqasida ishtirok etadi. Hozir jamoa mana turnirga tayyorlanmoqda.

Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi o'z tarixida ilk bor "China Cup" musobaqasida ishtirok etadi. Argentinalik murabbiy Osiyo Kubogi bilan taqqoslaganda tarkibda u qadar ko'p o'zgarish qilgani yo'q. Qita chempionatiga borgan Ignatiy Nesterov, O'tkir Yusupov, Azizbek Turg'unboev, Fozil Musaev, Sardor Rashidov kabi futbolchilar turli sabablarga ko'ra Xitoydagi musobaqada ishtirok etishmaydi. Ularning o'rniga Akbar To'raev, Javohir Ilyosov, Sardor Mirzaev, Temurxo'ja Abduxoliqov terma jamoaga chaqirildi.



"Xitoydagi turnirga tayyorgarlik uchun bizda juda kam vaqt bo'lishini alohida takidlash kerak. Biz 8 kunlik yig'in davomida ikkita bellashuv o'tkazishimizga to'g'ri keladi. Mazkur musobaqadagi asosiy maqsad jamoa o'yinini kuchaytirib olishdan iborat. Masalan hozirgi kunga qadar yo'lga qo'yilgan o'yinni yanada shakllantirib, xato va kamchiliklarni to'g'rilashimiz talab etiladi. Xitoydagi turnir aynan mana shu jihat bo'yicha bizga xizmat qilishi rejalashtirilgan. Lekin biz har qanday holatda va kimga qarshi o'ynishimizdan qati nazar g'alaba uchun maydonga tushamiz.

Xitoydagi turnirga olib ketilayotgan tarkib bilan Osiyo Kubogidagi futbolchilar deyarli bir xil. Yani katta o'zgarishlarga qo'l urmadik. CHunki OTJ safidagi bazi futbolchilarni jamoaga jalb etishni istagandik. Lekin ular saralash bosqichi ishtirok etishi sababli mazkur jamoa nomzodlarini yig'inga jalb etmadik. Kelajakda esa mazkur jamoa futbolchilari ham bizning nazoratimiz ostida bo'ladi. Ular doim MTJ murabbiylar shtabi kuzatuvi ostida bo'lishadi. Qaytaraman, Xitoydagi turnirga tayyorgarlik uchun vaqtimiz juda oz. Lekin qo'ldan kelgancha yaxshi ishtirok etishga harakat qilamiz", - dedi Ektor Kuper ushbu musobaqa oldidan tashkil etilgan matbuot anjumani chog'ida.

O'zbekiston terma jamoasi Xitoy va Tailand kabi JCH-2022 saralash bosqichiga tayyorlanmoqda. Osiyo qitasida mundial uchun saralash bahslari yozda boshlanadi.


"China Cup-2019" taqvimi
Yarim final
21 mart

Xitoy – Tailand 0:1

22 mart
O'zbekiston - Urugvay

Uchinchi o'rin uchun bahs
25 mart

Final
25 mart



Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика