Uch futbolchi Italiya termasi qarorgohini tark etdi
08 okt 2018 20:46
Yangiliklar
Uch futbolchi Italiya termasi qarorgohini tark etdi
Italiya termasining uch futbolchisi qarorgohni tark etdi.
Football Italia xabariga ko'ra, himoyachilar Danilo D’Ambrozio ("Inter") va Alessio Romanoli («Milan»), shuningdek, hujumchi Patrik Kutrone ("Milan") termani tark etdi.
Danilo jismoniy holatidagi muammolar sababli termaga yordam bera olmasa, Romanolining mushaklarida muammolar bor. Kutrone esa to'pig'idan olgan jarohatini davolashga ulgurmagan.
Italiyaliklar 10 oktyabrda Ukraina termasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida qatnashsa, 14 oktyabrda Millatlar ligasi doirasida Polsha bilan bahs olib boradi.
O’xshash yangiliklar
00:24
Gol va assist qayd etgan Vargas SHveycariya – Italiya bahsining eng yaxshi o'yinchisi deb topildi 0
Fikrlar