U23 Osiyo chempionati. Tantashev Saudiya Arabistoni - Tailand uchrashuvida ishlaydi
12 jan 2016 12:29
Yangiliklar


U23 Osiyo chempionati. Tantashev Saudiya Arabistoni - Tailand uchrashuvida ishlaydi
O'zbekistonlik FIFA hakami Ilgiz Tantashev ushbu qita chempionatida ishtirok etishi haqida xabar bergandik. OFK hamyurtimizni "B" guruhidan o'rin olgan Saudiya Arabistoni - Tailand uchrashuviga zaxira hakami etib tayinladi. Bahsni BAA vakili Muhammad Abdulla Hassan Muhammad boshqarib boradi.
Uchrashuv 13 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:30da Doxadagi "Grand Hamad" stadionida bo'lib o'tadi.
Saudiya Arabistoni - Tailand
Bosh hakam: Muhammad Abdulla Hassan Muhammad (BAA)
Qanot hakamlari: Muhammad Ahmad Alhammadi, Hasan Muhammad Abdulla Almahri (ikkisi BAA)
Zaxira hakami: Ilgiz Tantashev (O'zbekiston)
Bundan tashqari o'zbekistonlik FIFA laynsmeni Jahongir Saidov bugun bo'lib o'tadigan Suriya - Eron uchrashuviga tayinlangan. Hamyurtimiz avstraliyalik Kristofer Jeyms Bitga yordam beradi.
Suriya - Eron
Bosh hakam: Kristofer Jeyms Bit (Avstraliya)
Qanot hakami: Abu Bakar Salim Al Amri (Ummon), Jahongir Saidov (O'zbekiston)
Zaxira hakami: Ahmad Abu Bakar Said Al Kaf (Ummon)
O’xshash yangiliklar

Fikrlar