OFK U-23 Osiyo Kubogi saralashiga mezbonlik qiladigan davlatlar nomini elon qildi. Ular orasida O'zbekiston ham bor
16 may 2023 14:15
Yangiliklar
OFK U-23 Osiyo Kubogi saralashiga mezbonlik qiladigan davlatlar nomini elon qildi. Ular orasida O'zbekiston ham bor
Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi.
Osiyo Futbol Konfederaciyasi U-23 Osiyo Kubogi saralash o'yinlariga mezbonlik qiladigan davlatlarining nomini elon qildi. Unga ko'ra, O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi qura natijasiga ko'ra o'rin oladigan guruh uchrashuvlari O'zbekiston maydonlarida o'tkaziladi. O'yinlar joriy yilning 4-12 sentyabr kunlari o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Mezbon mamlakatlar:
Bahrayn
Xitoy
Indoneziya
Iordaniya
Koreya Respublikasi
Kuvayt
Saudiya Arabistoni
Tojikiston
Tailand
O'zbekiston
Vetnam
Eslatib o'tamiz, saralash bosqichiga qura tashlash marosimi 25 may kuni soat 12:00 da Kuala Lumpurdagi OFK qarorgohida onlayn tarzda olib boriladi. Musobaqaning final bosqichi 2024 yili Qatarda bo'lib o'tadi.
Fikrlar