U-23 Osiyo kubogi. Qatar O'zbekistonga kelishdan oldin ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
21 may 2022 15:14
Yangiliklar
U-23 Osiyo kubogi. Qatar O'zbekistonga kelishdan oldin ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
Ushbu musobaqada Timur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi qatnashadi. Guruhimizdan o'rin olgan Qatar terma jamoasi yurtimizga kelishdan oldin Iordaniyaga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. 23 va 26 may kungi bahslar Doxa shahridagi "Al Janub" stadionida bo'lib o'tadi.
Iordaniya U-23 terma jamoasi ham O'zbekistondagi musobaqaga keladi. Bu jamoa "B" guruhida Avstraliya, Iroq va Kuvaytga qarshi o'ynaydi.
Qatar U-23 terma jamoasi ustozi chililik Nikolas Kordova mazkur yig'inga 26 nafar futbolchini chaqirgan: Ahmed Al Janhi, Andrey Siaputra, Mustafo Essam, Abdulloh Sarxatm (barchasi "Al Garafa"), Salah Zakariya, Muammad Al Nuaimi, Lutfi Madjer (barchasi "Al Duhail"), Jassim Jobir, Ahmed Suhail, Mahmud Bundi ("Al Arabi"), Osama Al Tiri, Hashem Ali, Ali Mal Allah (barchasi "Al Rayan"), Abdul Rashid Ibrohim, Abdulloh Al Sulaiti (barchasi "Al Ahli"), Yusuf Abdul Razzoq, Mustafo Tariq, Faysal Muhammad, Yusuf Abdulloh (barchasi "Al Sadd"), Yusuf Ayman Jassim Al Muhairi, Xolid Vali (barchasi "Qatar SK"), Muhammad Ayyash ("Al Vakra"), Xaroun Diab ("Al Xor"), Marvan SHarif ("Al SHamal"), Al Makki Muhsin ("Al Xaraitiyat").
Fikrlar