So’nggi yangiliklar

15:00Ўзбекистон U-23 - Шри-Ланка U-23  5 14:40Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Арманистонга кимларни олиб кетди?  0 13:41Рауль – "Байер" мураббийлигига номзодлардан бири  1 13:38Гулжигит Аликулов - Ўмон билан ўйин, "Қайрат" ва Жалолиддинов ҳақида   0 13:25ФОТОГАЛЕРЕЯ. "CAFA Nations Cup-2025". Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  1 12:55Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 12:34Дидар Дурдиев: "Ўзбекистон билан дуранг ўйнашимиз мумкин эди"  3 12:00Игорь Сергеев: "Шквирин ва Аҳмедовни ортда қолдирдим? Термада шахсий статистика эмас, жамоа манфаати муҳимроқ"  7 11:39Алишер Одилов: Терма жамоадаги дебютим кутганимдек зўр бўлмади, сабаби..."  12 10:40Суперкомпьютер Чемпионлар лигаси фаворитлари номини эълон қилди  12 10:04Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси ҳам Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  5 09:06Халқаро ўртоқлик турнири. Бугун ўсмирларимиз Англияга қарши майдонга тушади  9 08:35Ёзнинг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Рўйхатнинг дастлабки учта ўрни бир жамоага тегишли  8 08:04"Байер"дан хайдалган тен Хаг қанча товон пули олиши маълум  9 07:32Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Сити"нинг EЧЛ қайдномасидан жой олди  14

U-23 Osiyo kubogi. O'zbekiston musobaqani g'alaba bilan boshladi. Keyingi bekat Kuvayt Yangiliklar

U-23 Osiyo kubogi. O'zbekiston musobaqani g'alaba bilan boshladi. Keyingi bekat Kuvayt

U-23 Osiyo kubogi "D" guruh 1-tur doirasidagi O'zbekiston - Malayziya o'yini bo'lib o'tdi.

O'zbekiston U-23 — Malayziya U-23 2:0 (TUGADI)

Qatar, Doha, soat 18:00

Bosh hakam: Ahmad Faysal Muhammad Alali

Yordamchi hakamlar: Ayman Faysal Hamze Obeydat va Ahmad Mansur Samara Muhsen

4-hakam: Kimura Hiroyukiga

Gol: Jasur Jaloliddinov (penalti) 10, 1:0, Ulug'bek Hoshimov (Husayn Norchaev) 83, 2:0

O'zbekiston: 1. Abduvohid Nematov, 2. Saidazamat Mirsaidov, 5. Muhammadqodir Hamraliev, 10. Jasurbek Jaloliddinov (Ibrohim Ibragimov, 74), 11. Otabek Jo'raqo'ziev (Husayn Norchaev,46), 13. Mahmud Mahamadjonov (Ibrohimhalil Yo'ldoshev,87), 15. Umarali Rahmonaliev (Diyor Xolmatov,63), 18. Alibek Davronov, 20. Ruslanbek Jiyanov (Ulug'bek Hoshimov,63), 22. Alisher Odilov, 23. Abdurauf Bo'riev.

Zaxira: Vladimir Nazarov, Hamidullo Abdunabiev, Zafarmurod Abdirahmatov, Asadbek Rahimjonov,  Hojimat Erkinov.

Malayziya: 16. Azim Al Amin, 3. Ubaidullah SHamsul, 5. Xarit Haiqal Adam Afkar, 7. Muhairi Ajmal (18. Daril SHam,70), 9. Aliff Izvan (6. Najmuddin Akmal,46), 10. Luqman Hakim (22. Haqimi Azim Rosli, 61), 12. Nooa Laine, 14. Zikri Halili, 15. Fergus Tierney, 17. Syaxir Bashah (4. Muhammad Abu Halil,46) 19. Safvan Mazlan

Zaxira: 1. Firdaus Imran Fadhil, 2. Aiman Yusni,  8. T.Saravanan, 11. Alif Zikri, 13. Umar Hakeem,  20. Azrin Afiq, 21. Saiful Jamaluddin, 23. Six Izhan

Ogohlantirish: Syaxir Bashah (Malayziya) 10, Safvan Mazlan (Malayziya) 26, Alif Zikri (Malayziya) 87

MATNLI TRANSLYACIYA


Uchrashuv yakunlandi. G'alaba muborak. 

90. Birinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi. 

87. O'ZGARISH. O'zbekiston, Mahmud Mahamadjonov o'rniga Ibrohimhalil Yo'ldoshev tushdi. 

83. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. Ulug'bek Hoshimov xotirjamlik beradigan golni urdi. Yuqori pressingda to'pni olib qo'ygan futbolchilarimiz oldinga yurdi. Norchaev esa bir nechta qadam bilan to'pni Ulug'bek Hoshimovga uzatdi va u osonlikcha gol urdi. 

78. ZARBAAAAAAAAA. Diyor Holmatovning zarbasi rekoshet orqali darvozaga bordi. Ancha xavfli chiqdi. 

74. O'ZGARISH. O'zbekiston, Jasur Jaloliddinov o'rniga Ibrohim Ibragiimov tushdi. 

70. O'ZGARISH. Malayziya, Muhairi Ajmal o'rniga Darul SHam tushdi.

63. O'ZGARISH. O'zbekiston, Umarali Rahmonaliev o'rniga Diyor Holmatov, Ruslanbek Jiyanov o'rniga Ulug'bek Hoshimov tushdi. 

62. Ketma-ket xujumlarimiz samara keltirayotgani yo'q. 

60. O'ZGARISH. Malayziya, Lukman Hakim o'rniga Haqimi Azim Rosli tushdi. 

60. ZARBAAAAA. Jasur Jaloliddinovdan ketma-ket zarbalar. To'p darvoza tepasidan o'tib ketdi. 

50. Jarima zarbasini amalga oshirdik. Raqib himoyachilari hushyor. 

46. O'ZGARISH. Malayziya, Syaxir Bashah o'rniga Muhammad Abu Halil, Aliff Izvan o'rniga Najmuddin Akmal tushdi. 

46. O'ZGARISH. O'zbekiston, Otabek Jo'raqo'ziev o'rniga Husayn Norchaev tushdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

44. To'p nazorati vakillarimizda. 

38. Jiyanovning jarima maydonchasi ichiga etkazib bergan to'pini golga aylantiradigan futbolchi topilmadi.

35. CHap qanotdan Mahmud Mahamadjonov zarba yo'llab ko'rdi. Noaniq. 

31. ZARBAAAAAAAA. Jiyanovning zarbasini raqib posboni qaytardi. Keyingi hujumni himoyachilar bartaraf etdi. 

28. O'zbekiston pressingni davom ettirmoqda. Vaziyatlar ham bo'lyapti. 

26. OGOHLANTIRISH. Malayziya, Safvan Mazlan

23. O'zbekistonlik olimpiyachilarning ketma-ket zarbalarini raqib himoyachilari qiyinchilik bilan qaytardi. 

22. ZARBAAAA. Alisher Odilovning zarbasi xavfli ko'rinish oldi.

20. Statistika. Zarbalar: 3/1

17. Bugun ikki qanotlarimiz birdek faollik ko'rsatmoqda. Hozircha raqib himoyachilari futbolchilarimizga imkon berayotgani yo'q. 

13. Goldan keyin bizning qora ko'zlar bosimni oshirmoqda. 

11. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. Jasur Jaloliddinov 11 metrlik nuqtada adashmadi. 

10. OGOHLANTIRISH. Malayziya, Syaxir Bashah

10. PENALTIIIIIII. Malayziyalik himoyachi Ruslan Jiyanovni jarima maydonchasi ichida yiqitdi. Bu yaqqol penalti.

8. ZARBAAAAAA. Otabek Jo'raqo'zievning zarba yo'llashga harakat qildi. 

6. UUUUUUX. Saidazamat Mirsaidov oyoqlari bilan darvozaga kirib ketish arafasida turgan to'pni qaytarib qoldi. Malayziya xavfli hujum uyushtirdi. Balli azamat!

5. ZARBAAA. Jasur Jaloliddinovning maydon markazidan yo'llagan zarbasi aniq lekin sekin bordi. 

2. Biroz hayajon sezilyapti-yu, lekin bu vaqtinchalik. 

1. Malayziyada birinchi standart vaziyat. Lekin muvaffaqiyatsiz chiqdi. 

- O'yin boshlandi. Biz ham boshladik. Olg'a O'zbekiston, olg'a yigitlar. 

- Jamoalar maydonga chiqib keldi. Madhiyamiz yangramoqda. Bunda butun vujud madhiyaga hamohang jo'sh uradi. Vatan jamoasi maydonga chiqqanida barchamiz birlashamiz va muxlislik qilamiz. 

- Uchrashuv 18:00da boshlanadi. 

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика