So’nggi yangiliklar

01:25Дилшод Раҳматов: "Гватемала бизга сўнгги сониягача курашиш кераклигини ўргатди. Мураббийларимиз яхши маънода жуда қаттиққўл"  0 00:53Париж-2024. Япония ва Ироқ ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  4 00:50Хосе Венансио Лопес: "Бизга барқарорлик етишмаяпти. Ушбу муаммога имкон қадар тезроқ ечим топишимиз керак"  0 00:26Расман: Саидазамат Мирсаидов - “Навбаҳор” футболчиси!  2 23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  22 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  3 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  19 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  18 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  5 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  19 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  8 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  8 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  53

U-23 Osiyo Kubogi. Saudiya Arabistoni O'zbekistonni mag'lub etib, turnir g'olibiga aylandi Yangiliklar

U-23 Osiyo Kubogi. Saudiya Arabistoni O'zbekistonni mag'lub etib, turnir g'olibiga aylandi

Mamlakatimizda davom etayotgan 23 yoshgacha bo'lgan Osiyo Kubogining final o'yini yakunlandi.

O'zbekiston - Saudiya Arabistoni 0:2

18:00. "Bunyodkor" stadioni

Gol: Hamid al-Gamdi, 50 (0:1), Feras al-Baykan, 74 (0:2)

O'zbekiston: 12. Vladimir Nazarov, 2. Saidazamat Mirsaidov, 3. Dostonbek Tursunov, 5. Muhammadqodir Hamraliev, 7. Hojimat Erkinov, 9. Ulug'bek Hoshimov, 10. Jasur Jaloliddinov (s), 17. Diyor Xolmatov, 18. Alibek Davronov, 19. Husayn Norchaev, 23. Abdurauf Bo'riev.

Zaxiradagilar: 21. Hamidillo Abdunabiev, 4. Abubakrrizo Turdialiev, 6. Jaloliddin Sodiqov, 11. Otabek Jo'raqo'ziev, 13. Eldorbek Begimov, 14. Abbosbek Fayzullaev, 15. Odil Abdumajidov, 16. SHaxzod Toirov, 20. Ruslanbek Jiyanov, 22. Alisher Odilov.

Saudiya Arabistoni: 1. Navaf al-Aqidi, 5. Hassan Tambakti (s), 6. Ibrohim Maxnashi, 7. Ayman Yahyo, 8 Hamid al-Gamdi, 9. Feras al-Baykan, 11. Ahmad al-Gamdi, 12. Moteb al-Xarbi, 13. Hamad al-Yami, 15. Husayn al-Eysa, 23. Saud Abdulhamid.

Zaxiradagilar: 21. Abdulrahmon al-Sanbi, 22. Abdulrahmon al-SHammari, 2. Saad Balobaid, 3. Volid al-Ahmad, 4. Halfan al-Davsari, 10. Turki al-Ammar, 14. Avad al-Nashri, 16. Ziyod al-Joxani, 18. Meshal Sibyani, 19. Abdulloh Hadi Radif, 20. Muhammad Marran.


MATNLI TRANSLYACIYA

 YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi! Saudiya Arabistoni U-23 Osiyo Kubogi g'olibiga aylandi. Biroq futbolchilarimizga rahmat aytamiz. Ular butun musobaqa davomida chempionlikka loyiq o'yin namoyish etishdi. Hali kelgusida revansh olamiz va Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritamiz.

90+3. Nazarovning xatosidan so'ng hisob yirik ko'rinish olishiga bir bahya qoldi.

90+1. Turdialievning zarbasiga aniqlik etishmadi. Attang!

Ikkinchi bo'limga besh daqiqa qo'shib berildi.

90. Abubakrrizo Turdialiev Jaloliddinovni almashtirdi.

90. Burchak zarbasidan so'ng Jiyanov zarba yo'lladi, raqib posboni hushyorlikni yo'qotmadi.

87. Saudiyalik futbolchi maydonda yotib oldi, erkakcha futbol bunaqa bo'lmaydi.

86. Bizga Benzema etishmayapti shu joyida...

84. Saudiyaliklarning navbatdagi urinishiga himoyachimiz g'ov bo'ldi.

81. Ayman Yahyo o'rniga iyod al-Joxani maydonga tushirildi.

32268 tomoshabin bugungi o'yinga tashrif buyurgan.

78. Hamid al-Gamdi o'rniga Avad al-Nashri maydonga tushirildi.

74. Gol. Afsuski, o'z darvozamizdan ikkinchi golni o'tkazib yubordik. Feras al-Baykan oradagi farqni oshirdi.

72. Ahmad al-Gamdi hakam dan sariq kartochka olgan holda o'z o'rnini Ahmad al-Gamdiga bo'shatib berdi.

71. Gooooooooooooooolllllllll!!! Ammo o'yindan tashqari holatda edi bizning futbolchimiz...

69. Hujumda qo'pollik ishlatdik.

68. Standart vaziyat yuzaga kelgandi, Xolmatovning uzatmasi to'ppa-to'g'ri al-Aqidining qo'llariga borib tushdi.

65. Hujumlar tashkil etishimizda nimadir etishmayapti...

63. Uxx! Jaloliddinovning olis masofadan yo'llagan zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi.

61. Erkinov Norchaevni oldinga boshlagandi, biroq hujumchimiz to'pga etolmadi.

57. O'zbekiston tarkibida ikki o'zgarish: Mirsaidov o'rniga Odil Abdumajidov, Hoshimov o'rniga Ruslanbek Jiyanov maydonga tushirildi.

55. Saudiyalik futbolchi tepgan to'p dastlab bizning futbolchiga, so'ngra hakamga borib tegdi.

52. Mirsaidov raqibga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi. Saudiyalik himoyachi maydonga ko'rpa-to'shak qilib yotib oldi. Endi ulardan shunday scenariy kutilishi tabiiy.

51. Bo'shashmaymiz, muxlislarni esa qo'llab-quvvatlashga chaqiramiz. Biz bundan-da og'irroq vaiyatlardan chiqib keta oldik, bunisi nima bo'libdi.

50. GOOOOOOOOOLLLLL! Afsuski, darvozamizdan to'p o'tkazib yubordik. Ahmad al-Gamdi uzoq masofadan Nazarov darvozasini ishg'ol qildi.

Raqiblarimizning golini tomosha qiling.

48. Maydon markazida saudiyalik futbolchiga nisbatan qo'pollik ishlatildi..

IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI.

BIRINCHI BO'LIM STATISTIKASI

Uchrashuvga tashrif buyurgan mehmonlar

Birinchi bo'lim yakunlandi. Biroz tin olamiz, suv-puv ichib, o'pkamizni joyiga keltiramiz. O'ylaymanki, ikkinchi bo'limni yaxshi kayfiyatda yakunlaymiz.

45+2. Nazarovning oldinga chiqib ketganidan foydalangan raqib futbolchilari bosh bilan darvozamiz tomon zarba yo'lladi, Vladimir o'z vaqtida to'pni bartaraf etdi.

45. Saudiyalik futbolchi hujum vaqtida futbolchimizni yiqitib ketdi va ogohlantirildi. Raqiblarimiz g'alaba ilinjida futboldan boshqa jangovar sport turlari qoidalarini ham qo'llamoqda.

45. Mirsaidovning zarbasidan so'ng burchak to'pi ishlab oldik, Saudiya futbolchisi maysazor bilan diydorlashmoqda.

44. Uchrashuv davom ettirildai, raqibni kayfiyatini ko'tarib qo'ydik-da, endi ko'ziga ko'rsatinglar!

Ofsayd!!! Uh, xayriyat!

VAR penaltini emas, ofsaydni tekshirmoqda.


39.  Darvozamiz tomon penalti belgilanmoqda... Himoyachimiz raqib futbolchisini o'z jarima maydonida yiqitdi. Hakam VARga murojaat qilishi kerak hech bo'lmasa.

36. Yana bir zarbaaa! Erkinovning chap qanotdagi uzatmasidan so'ng Norchaev chap oyoda zarba yo'lladi, raqib himoyachisi to'pga "blok" qo'ydi.

33. Xavfli vaziyat! Norchaev-Hoshimov-Erkinov kombinaciyasi natijasida Hojimat qulay nuqtadan zarba yo'lladi. Afsuski, zarba ancha balandlab ketdi.

29. ZARBA!  Olisdan yo'llangan zarbani Navaf al-Aqidi xotirjam egallab oldi. 

26. Jaloliddinov tomonidan amalga oshirilgan burchak to'pini raqib posboni mushtlari bilan qaytarib yubordi. Yon chiziqdan to'pni o'yinga kiritamiz.

24. Mehmonlar xavfli hujum tashkil etishdi, himoyachilarimiz katta qiyinchilik bilan to'pni maydon tashqarisiga ravona qildi.

23. Saudiyaliklarda standart vaziyat yuzaga keldi. Ahmad al-gamdining uzatmasi maydon ortidagi fotograflar sari yo'l oldi. 

20. Xolmatov avvalgi qo'polliklarga o'z javobini qaytardi.

19. Nazarov so'nggi himoyachi rolini qoyilmaqom ijro etib, xavfni bartaraf etdi.

18. Vakillarimizga nisbatan yana futbolga xos bo'lmagan qoidabuzarlik ishlatildi raqib tomonidan, buning uchun jazolash kerak.

14. CHap qanotda satandart vaziyat yuzaga kelgandi, raqib himoyachilari hujumni bartaraf etishdi.

12. Mirsaidovning uzatmasidan keyin to'p raqib futbolchisining qo'liga tekkandek ko'rindi, hakam esa bizning foydamizga qaror qabul qilmadi.

11. Saudiyaliklar futbolchilarimizni "o'rish"ni boshlashdi, hakam indamayapti

8. Jaloliddinov-Xolmatov kombinaciyasi, vakillarimiz hujumga o'tishdi, ammo Erkinov raqibni alday olmadi.

3. Saudiya Arabistonidan burchak to'pi, uzatilgan to'pga hech kim eta olmadi

2. "Bunyodkor" stadionida deyarli to'lgan, muhit ajoyib!

1.O'YIN BOSHLANDI!

Bugun terma jamoamiz ko'k, saudiyaliklar oq-yashil libosda harakat qilishadi.

Final uchrashuvini telegram orqali JONLI TOMOSHA QILING



Diqqat! Diqqat! Jamoalar maydonda saf tortishmoqda, boshqa ishlarni yig'ishtirib qo'yamiz.

Musobaqa bosh sovrini maydonga olib chiqildi.

Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun qiziqarlidan ham qiziqarliroq o'yin guvohiga aylanamiz. Stadionga kira olmaganlar ko'zyosh to'kishmasin. bugun sizni zeriktirmaslikka harakat qilamiz. 

Reyting: +44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика