So’nggi yangiliklar

09:48Жаҳон чемпиони Саудия Арабистонидан АПЛга кўчиб ўтиши мумкин  0 09:19ФИФА яна бир терма жамоани дисквалификация қилиши мумкин  13 08:52Ла лиганинг энг кўп ҳақ оладиган футболчиси маълум. У — Мбаппе эмас  3 08:25Расман. «Боруссия» тўпурар ҳужумчи билан шартнома тузди  1 07:59Расман: Европа лигаси тарихидаги энг яхши тўпурар фаолиятини Саудияда давом эттиради  2 07:30Бугун «Мираброр Усмонов кубоги» старт олади  1 00:46Шмейхель "Селтик"да фаолиятини якунлаган Жо Харт ўрнини тўлдирди  3 00:29Маркос Льорентени кўриш учун салкам 10 минг км масофа босиб ўтган мухлис у билан учрашолмади  4 00:13Расман: Лени Йоро — "Манчестер Юнайтед" футболчиси!  4 23:52"Интер Майами" Месси иштирокида учинчи либосини намойиш этди  3 23:35Расман: Гринвуд — "Марсель" футболчиси!  1 23:13Норчаев дубль қайд этган баҳсда Ўзбекистон ОТЖ Янги Зеландияни мағлубиятга учратди  15 22:51"Реал Мадрид" "Ал Насср" футболчиси билан шартнома имзоламоқчи  6 22:38"Манчестер Сити" "Жирона" футболчисини таркибга қўшиб олди  6 22:14Расман: Микаутадзе — "Лион" футболчиси!  2

U-23 Osiyo Kubogi saralash bosqichi. O'zbekiston Afg'onistonni tor-mor etdi Yangiliklar

U-23 Osiyo Kubogi saralash bosqichi. O'zbekiston Afg'onistonni tor-mor etdi

U-23 Osiyo Kubogi saralashi doirasida 1-tur uchrashuvi yakunlandi.

U-23 Osiyo Kubogi saralashi
O'zbekiston - Afg'oniston 8:1

Gol: 1:0 — 12, Jasur Jaloliddinov, 2:0 — 36, Alibek Davronov, 2:1 — 42, Husayn Zamani, 3:1 — 48, Husayn Norchaev, 4:1 — 52, Husayn Norchaev, 5:1 — 54, Jasur Jaloliddinov, 6:1 — 86, Husayn Norchaev, 7:1 — 88, Alisher Odilov, 8:1 — 90, Muhammadqodir Hamraliev.

O'zbekiston: 12. Vladimir Nazarov, 2. Saidazamat Mirsaidov (3. Abduqodir Husanov, 57), 5. Muhammadqodir Hamraliev, 7. Xojimat Erkinov, 9. Ulugbek Hoshimov (22. Alisher Odilov, 82), 10. Jasur Jaloliddinov, 13. Mahmud Mahamadjonov (6. Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 57), 17. Diyor Xolmatov (19. Husayn Norchaev, 46), 18. Alibek Davronov, 20 Ruslan Jiyanov (14. Abbosbek Fayzullaev, 46), 23. Abdurauf Bo'riev.
Zaxira: 4. Odil Abdumajidov, 8. Ibrohim Ibragimov, 11. Otabek Jo'raqo'ziev, 15. Umarali Rahmonaliev, 16. Asadbek Rahimjonov, 21. Hamidullo Abdunabiev.

Afg'oniston 1. Faysal Sayid Xil, 2. Xashmat, 3. Nosir Ahmadi, 4. Yama, 5. Ali Bosit Nazari (s), 6. Hamid Amiri, 8. Tariq, 10. Suhrob, 11. Nematulloh Karimi, 14. Hamid Norozi, 20. Husayn Zamani, 21. Omid Musavi
Zaxira: 7. Nasibulloh Ahadi, 9. Hatam SHir Del, 12. Halil Tojik, 13. Ali Rizo Mayel, 15. Farid Muhammadi, 16. Omidulloh, 17. Murtazo Katebi, 18. Moshtaq, 19. Ubaydulloh, 20. Hussayin Zamani, 22. Abdul Musavir Attai, 23. Mahmud.

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi!  Bugungi o'yinda Oqil Abdubarnoev sizni va o'zini zeriktirmaslikka harakat qildi. 

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib beril... GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLL!!! Jin ursin, namuncha gapimni oxirigacha yozishga qo'ymaydi bular. Ozgina sabr qilib tursin, dam-dam olib gol ursin!

88. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL! Alisher Odilov jamoasiga ettinchi golni, menga esa har golda ovoz payylarimni tiya olmaganim uchun tomoq og'rig'ini hadya etdi!  

86. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL! Norchaev xet-trik qayd etdi!

82. Tarkibimizda oxirgi o'zgarish.

80. Afg'onistonlik himoyachi Fayzullaevga assist vazifasini o'tashi mumkin edi. Ammo raqib posboni shundog'am yarashib turgan hisobni o'zgarishiga yo'l qo'ymadi.

76. Hozir yaxshi hujum bo'lishi mumkin, zarba! Yo'q, hali zarba bo'lmadi, endi zarba! Qarang-a, kelajakni oldindan ko'ra boshlayapman.

3338 nafar tomoshabin bugungi uchrashuvga tashrif buyuribdi.

69. Afg'onistonlik futbolchi maydon markazida Fayzullaev libosining sifatini tekshirib ko'rdi.

65. Maydon markazida raqib futbolchisi oshqozonini changallab yotibdi. Bugun u osh markazida mehmon bo'lgan shekilli.

60. Afg'onistonlik futbolchi jamoasi uchun foydali ish qildi — zaxiraga olindi.

57. Tarkibimizda ikki o'zgarish ro'y berdi.

54. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL! Jaloliddinov hisobni aytishga noqulay ko'rinishga keltirdi!

52. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL deb yozib turishga yordamchi olaman! Norchaevning gol urishni sog'ingani sezilmoqda. Bugun Husaynning nechta gol urganini sanay olmasak qolsak ham mayliga!


48. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL!!! Husayn Norchaev ikkinchi teginishidayoq to'pni raqib posboni qo'riqlayotgan aerodromga qo'ndirdi!  

46. Ko'z yumib, ochguncha, ikkinchi bo'lim boshlandi. Tarkibimizda ikki o'zgarish yuz berdi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

42. GOL! Husayn Zamani hisobni qisqartirdi. Stadiondagilar raqib futbolchisining chiroyli gol urganini takidlashmoqda. Jarayonni to'liq ko'rolmaganim uchun chiroyli demayman. Kutilmagan deyaqolaman, ko'rmadim-ku.

42. Afg'onistonlik futbolchi darvozamiz tomon xavfsiz zarba yo'lladi.

36. GOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLLLL!!! Alibek Davronov bosh bilan ajoyib zarba yo'llab, hisobdagi farqni oshirdi!

34. O'v, normalniy o'ynalaring, deya qichqirdi ishqibozlardan biri o'zbekchani tushunmaydigan raqib futbolchilariga.

31. Raqib jamoa Jaloliddnovga nisbatan qo'pollik ishlatdi, biroq shu lahzada hakam projetor atrofida (balkonda) o'yinni kuzatayotgan hasharotlarga qarash bilan band edi.

28. Hoshimov ketma-ket ikki zarba yo'lladi. Birinchisida to'pga yo'llagan zarbasi kuchli chiqmadi, ammo ikkinchi urinishda havoni tepishi kuch bilan amalga oshirildi. 

23. Himoyada pas berishda xatoga yo'l qo'ydik. Sababchini tanqid qilmasligingiz uchun uzatmani Hamraliev berganini aytmayman.

21. Afg'onistonliklar tezkor qarshi hujumga o'tdi va gol urish imkoniyati yuqoriroq deya to'pni Vladimir Nazarovga oshirdi.

18. Hoshimovda yaxshi imkoniyat yuzaga kelishi mumkin edi, biroq so'nggi lahzada raqib himoyachisi kuchli zarb bilan to'pni CHorsu tomonga tepib yubordi.

12. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLL!!! Jaloliddinovning mohirona ijro etgan jarima zarbasidan so'ng muxlislarga qo'shilib, darvoza to'ri ham chapak chalib yubordi! 

10. Jaloliddinovning zarbasidan so'ng ishqibozlar ikkala qo'lini bir-biriga bir necha bor urib yubordi.

9. Dastlabki daqiqalarda mehmonlar "Yunusobod" metro bekati singari ochilishni istamayapti.

6. Jarima maydonchamiz yaqinida raqib futbolchisi hind filmidagi kaskadyorlar singari ag'anadi, oqibatda jarima zarbasi belgilandi.

1. Hakam hushtakka suniy nafas bergach, uchrashuv boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Bugun hamyurtlarimiz oq, raqib jamoa qizil rangli libosda harakat qiladi.

Reyting: +38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика