So’nggi yangiliklar

U-23 Osiyo Kubogi. Mirsaidov jarohat bilan o'ynadi Yangiliklar

U-23 Osiyo Kubogi. Mirsaidov jarohat bilan o'ynadi

23 yoshga bo'lgan futbolchilar o'rtasida o'tkazilayotgan qita kubogining 2-yarim finali ham ortda qoldi.

Unda O'zbekiston olimpiyachilari  Yaponiyani mag'lub qilishdi (2:0). Uchrashuvdan keyin jamoamiz himoyachisi Saidazamat Mirsaidovning fikrlariga quloq tutdik.

— Ajoyib g'alaba bo'ldi. Barchaga tashakkur.

— O'tgan o'yinda jarohat bilan o'ynagandingiz. Hozir to'liq yaxshimisiz?

— Ha, biroz jarohatim bor edi. Hozir tuzaldim. Lekin jismoniy jihatdan to'liq tiklanishga ulgurganim yo'q. SHu tufayli asosan aql bilan o'ynashga harakat qildim. SHukr, qo'pol xatoga yo'l qo'ymadik.

— Bo'lajak final haqida...

—  Hal qiluvchi bahsda Saudiya Arabistoni bilan to'qnashamiz. Dubayda ularga imkoniyatni boy bergan edik. Lekin finalda barchasi boshqacha bo'ladi. Buning uchun borimizni beramiz.

— Stadion atrofida 20 mingga yaqin muxlis yig'ildi. Bu yoqimli holatmi?

— Albatta. Mehmonxonadan chiqishimiz bilan yuzlab muxlislar bizga hamrohlik qilishdi. Ularning har doim yonimizdaligini his qilish bizga qo'shimcha kuch bag'ishlaydi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика