U-23 Osiyo chempionatidagi raqibimiz Eron Tailandga yo'l oldi
02 jan 2020 10:24
Yangiliklar
U-23 Osiyo chempionatidagi raqibimiz Eron Tailandga yo'l oldi
Biz bilan bir guruhda kurash olib boradigan Eron olimpiya terma jamoasi so'nggi tayyorgarlikni yakunlab Tailand sari otlandi. Eronliklar musobaqa oldidan oxirgi o'rtoqlik uchrashuvini Qatar olimpiya termasiga qarshi o'tkazib, 2:2 hisobini qayd etishdi.
Hamid Estili shogirdlari Tailandga yo'l olishdan oldin futbol federaciya rahbariyati terma jamoa azolari bilan uchrashdi.

Eron terma jamoasining U-23 Osiyo chempionatidagi yakuniy tarkibi quyidagicha ko'rinish olgan:
Darvozabonlar - Meraj Esmaeli ("Zob Ahan"), Habib Abbasifar ("Naft Masjed"), Mehdi Nurollahi ("Saypa").
Himoyachilar - Mehran Deraxshan ("Zob Ahan"), Omid Nurafkan ("Sepaxon"), Aref Agxasi ("Fulad"), SHahin Taherxani ("Istiqlol"), Mojtaba Najjarian ("Fulad"), Xosseyn Saki ("Sanat Naft"), Matin Karimzoda ("Pars Jonubi").
Yarim himoyachilar - Amirhosseyn Hosseynzoda ("Saypa"), Jafar Salmani ("Sanat Naft"), Sina Zamehran ("SHahr Kodro"), Muhammad Xodabandehlo ("Paykan"), Mehdi Mehdixani ("Varazdin"), Reza Dehgani ("Nassaji").
Hujumchilar - Mohammad Mohebbi ("Sepaxon"), Mehdi Gaedi ("Istiqlol"), Reza Jabireh ("Sanat Naft"), Ali SHojayi ("Nassaji"), Amir Rustayi ("Persepolis"), Reza SHekari ("Varazdin"), Ollohyor Sayyadmanesh ("Istanbulspor").
O'zbekiston - Eron bahsi 9 yanvar kuni bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, navbatdagi U-23 Osiyo chempionatida kurash Olimpiada yo'llanmasi uchun kechadi va kuchli uchlikdan joy olgan jamoalar Tokio-2020 Olimpiada o'yinlariga yo'l oladi.




O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar