So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  1 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

U-23 Osiyo chempionatidagi 5 nafar yaxshi o'yinchimiz Yangiliklar

U-23 Osiyo chempionatidagi 5 nafar yaxshi o'yinchimiz

Guruhdan ortga qaytishga majbur bo'lgan O'zbekiston olimpiya terma jamoasida ham o'zini ko'rsata olgan futbolchilar bo'ldi.

Keling, faqat yomonlik haqida emas, kelajakda rostan ham bizga as qotishi mumkin bo'lgan besh nafar futbolchilarga to'xtalib o'tamiz.

Afsuski, biz hamma futbolchilarni ham maydonda ko'ra olmadik.

Akrom Komilov ("Bunyodkor")
Diyor Turopovning jarohatidan so'nggina OTJ safiga qo'shilgan Akrom Komilovga aslida zaxira futbolchisi sifatida qaralgan edi. Lekin 1996 yilda tavallud topgan himoyachi o'zini asosiy tarkib azosi ekanligi va undan katta yoshdagi futbolchilar, undan ustun emasligini ko'rsata oldi. Bu futbolchi shu ketigida biz uchun Vitaliy Denisovning izdoshi bo'lishi kerak. Denisov uchun 2018 yilgi urunish so'nggisi bo'lishi mumkin. 2019 yilga kelib Akrom 23 yoshda bo'ladi, ayni gullagan paytida ham o'yini mana shunday kuchli bo'lishini istab qolamiz.


Doston Hamdamov ("Bunyodkor")
Bu futbolchi bejizga Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi bo'lganligini isbotlay oldi. Yarim himoyachi sifatida uchta o'yinda ikkita gol bu yaxshi natija. Doston ham 1996 yilda tavallud topgan va uning o'rnida 1993/94 yilda tug'ilgan biron futbolchi asosiy tarkibga kira olmagani o'zbek futbolining minusi bo'lsa, yosh futbolchini porlab chiqayotgani plyusidir. Bu futbolchi, kelajakda Tursunov va Hasanov uchun ajoyib "zamena".



Javohir Sohibov
MTJda Aziz Haydarovning qora mehnatini ko'rmaymiz, "Paxtakor" va OTJda huddi shu vazifani Javohir Sohibov bajaryapti. Bu futbolchidan ham umidimiz katta, tayanchni yanada mustahkam ushlashi uchun jismoniy holatini oshirishi kerak. Haydarovdan roppa-rosa 10 yosh kichik farg'onalik futbolchi bugunni o'zida unga raqobatchlik qilayotgani yaxshi holat.



Timur Hakimov ("Oq-Tepa)
Bu futbolchini bejizga Geynrixga o'xshatishmaydi. Uni so'kishsa ham, urishsa ham kulib turadi. Texnikasi yuqori ekanligini, o'ziga berilgan 10 daqiqa ichida isbotlay oldi. Balki u klubda yaxshi harakat qilmas, ammo mazkur yoshdagi terma jamoa aynan uniki edi. Urgan goli va keyingi daqiqalardagi "pas"lari shunchaki emas, o'ylab qilingan harakatlar edi.



Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor")
"Zamax"ni qoyillatadigan futbolchi, o'zini 90 daqiqalik o'yinchi ekanligini isbotlay oldi. Unga mana shunday uzoq daqiqalar etishmadi. Yaman darvozasiga gol urguniga qadar, to'rt marta "obvodyashhiy udar"ni (aylantinma zarba) qo'lladi. Beshinchisida kirdi, beshinchisigacha esa raqibni bo'sh nuqtasini topa oldi. Iroq va Janubiy Koreyani tekshirib olish uchun unga vaqt etmadi.


Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика