U-23 Osiyo chempionati. Xitoy bilan o'yinda ham oq rangli formada o'ynaymiz
11 jan 2020 10:37
Yangiliklar
U-23 Osiyo chempionati. Xitoy bilan o'yinda ham oq rangli formada o'ynaymiz
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionati 2-tur uchrashuvlari doirasida ertaga Xitoy terma jamoasi bilan bahs olib boradi.
Mazkur uchrashuvni terma jamoamiz oq rangli libosda o'tkazadi. Darvozabonimiz sariq rangli forma kiyadi. Xitoylik futbolchilar esa qizil rangdagi sport formalarida maydonga chiqishadi. Raqib posboni egnida siyohrang libos bo'ladi. Uchrashuv hakamlari esa ko'k rangli sport liboslari kiyadi.
Takidlash joiz, Xitoy – O'zbekiston uchrashuvi 12 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:15da “Tinsulanon” stadionida boshlanadi.
China U23 |
AFC U23 Championship Grp. C . 2-tur 12/01/2020, 17:15 2
:
0
Tugadi
|
Uzbekistan U23 |
45'
90'
Fikrlar