U-23 Osiyo chempionati. Turening 101-daqiqadagi goli Avstraliyani yarim finalga olib chiqdi
18 jan 2020 20:45
Yangiliklar


U-23 Osiyo chempionati. Turening 101-daqiqadagi goli Avstraliyani yarim finalga olib chiqdi
Tailandda davom etayotgan 23 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi qita birinchiligining ikkinchi chorak final o'yini Avstraliya – Suriya olimpiyachilari o'rtasida bo'lib o'tadi.
Uchrashuvning asosiy bo'limlarida hisob ochilmadi. Ekstra taymlarning birinchisida esa avstraliyaliklarning 19 yoshli hujumchisi Al Xassan Ture raqib darvozasini ishg'ol etdi va mazkur gol “kengurular yurti” vakillariga yarim final chiptasini taqdim etdi.
Avvalroq, Saudiya Arabistoni 1/2 finalning ilk ishtirokchisiga aylangandi.
Avstraliya U-23 - Suriya U-23 1:0 (0:0, 0:0, 1:0, 0:0)
Gol: Ture 101
O’xshash yangiliklar

Fikrlar