So’nggi yangiliklar

10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14

Saudiya Arabistonidan engildik, endi bor etiborimizni 3-o'rin uchun o'yinga qaratamiz Yangiliklar

Saudiya Arabistonidan engildik, endi bor etiborimizni 3-o'rin uchun o'yinga qaratamiz

U-23 Osiyo chempionati yarim finali doirasidagi Saudiya Arabistoni va O'zbekiston olimpiya terma jamoalari o'rtasidagi o'yin yakunlandi.

U-23 Osiyo chempionati
Yarim final
Saudiya Arabistoni - O'zbekiston 1:0

Gol: Nosir Salmon Al Omran (87)
22 yanvar 2020 yil. Bangkok. "Rajamangala" stadioni. 15:15 (Toshkenti vaqti)
Bosh hakam:
Ryuji Sato (Yaponiya)
Qanot hakamlari: Jun Mixara va Xiroshi Yamauchi (ikkisi Yaponiya)
To'rtinchi hakam: Tojo Minoru (Yaponiya)
VAR hakami: Xiroyuki Kimura (Yaponiya)
VAR yordamchi hakamlari: Iida Jumpey (Yaponiya) va Ma Ning (Xitoy) 

Saudiya Arabistoni U-23: 22.Muhammad Alyami, Abdulbosit Muhammad Hindi, 4.Hassan Altambakti, 6.Sami Alnaji, 7.Abdulrahmon G'arib, 9.Abdulloh Abdulrahmon Alhamddan, 10.Ayman Alhulayf, 13.Holid Dubaysh, 14.Ali Sodiq Al Hassan, 20.Muhtor Ali SHayh, 23.Saud Abdulloh Albudhamid.

Zaxira: 1.Amin Muhammadsaloh Al Buxoriy, 21.Saloh Abdulloh Al Ohaymid, 2.Abdulloh Hassun Tarmin, 5.Abdulilah Alamri, 8.Nosir Salmon Al Omran, 11.Abdulrahmon Hoshim Alyami, 12.Ayman Yahyo Ahmad, 15.Hussayn Ahmad Al Isa, 16.Yusuf Saad Al Harbi, 17.Saad Ali Al Saluli, 18.Holid Al G'annam, 19.Feras Tariq Al Brikan.

O'zbekiston U-23: 1.Abduvohid Nematov, 2.Islom Qobilov, 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Abdulla Abdullaev, 6.Aziz G'aniev, 9.Jasurbek Yaxshiboev, 10.Bobir Abdixoliqov, 19.Ilhom Alijonov, 20.Husniddin Aliqulov, 22.Sanjar Qodirqulov, 23.Oybek Bozorov.

Zaxira: 12.Mashhurjon Muhammadjonov, 21.Nizomiddin Ziyovutdinov, 5.Dilshod Saitov, 7.SHarof Muxitdinov, 8.Nurillo To'xtasinov, 11.Mirjahon Mirahmadov, 13.SHerzod Nasrullaev, 14.Abrorbek Ismoilov, 15.Oybek Rustamov, 16.Azizbek Amonov, 17.Islom Kenjaboev, 18.Doston Ibragimov.


O'YIN YAKUNLANDI

90+6. Yo'q, offsayd. Gol inobatga olinmadi.

90+5. Saudiya Arabistoni bo'sh qolgan darvozamizni ishg'ol qildi. 2:0 (!)

90+4. Standart vaziyat yuzaga keldi, darvozabonimiz ham shu erda.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

88. Goldan so'ng Drulovich maydonga SHarof Muhitdinovni tushirgani malum bo'lmoqda. Sanjar Qodirqulov maydonni tark etgan.

87. Gol!! Afsus! Saudiya Arabistoni olimpiya terma jamoasi gol urmoqda. Jarima maydonchasi yaqinidan Nosir Salmon Al Omranning bergan zarbasi yo'l-yo'lakay bir futbolchiga tegib Nematov darvozasidan joy oldi.

87. Ayni daqiqalarga kelib ikki jamoa futbolchilari ham charchab qolganga o'xshamoqda. Bitta xato hammasini hal qilib qo'yishi mumkin.

84. Saudiyaliklar ustozi navbatdagi o'zgarishga qo'l urdi: Holid Al G'annam Sami Alnajini almashtirdi.

83. Islom Kenjaboev uzoq masofadan raqib darvozasini nishonga olib ko'rdi, ammo o'ta noaniq.

80. Qo'pol o'yinlari bilan ajralib turgan Ali Sodiq Al Hassan maydonni tark etdi. Uning o'rniga Nosir Salmon Al Omran tushirildi.

78. O'yin to'xtatildi. Aziz G'anievning kuchli zarbasidan so'ng to'p Sami Alnajiga tekkan edi. U maydonda yotibdi va shifokorlar unga yordam ko'rsatishmoqda.

76. Raqib safida Saud Abdulloh Albudhamid hakam tomonidan sariq kartochka bilan "siylandi". U Sanjar Qodirqulovga nisbatan qo'pollik ishlatgan edi. Futbolimizga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

74. Vakillarimiz safida o'zgarish: Oybek Bozorov maydonni tark etdi, uning o'rnini Nurillo To'xtasinov egalladi.

70. Jarima maydonchasi yaqinida raqiblar Islom Kenjaboevni yiqitishgan edi, ammo Ryuji Sato jim (!).

68. Ikki jamoada ham o'zgarish: Islom Kenjaboev Bobir Abduholiqovni almashtirgan bo'lsa, raqiblar safida Hussayn Ahmad Al Isa Ayman Alhulayfni almashtirdi.

65. Abdulla Abdullaevning xatosi qimmatga tushishi mumkin edi. Xatodan so'ng raqiblar oldinga qarab tashlanishdi, ammo saudiyaliklarning bo'sh o'yini tufayli hisob ochilmadi.

62. Uxxx! Hojiakbar Alijonov jarima maydonchasi ichiga kirib borib to'pni sheriklariga etkazib berayotgan edi. Ammo, saudiyalik futbolchilar bir amallab to'pga to'g'anoq bo'lib vaziyatni bartaraf etishdi.

59. Ryuji Sato Ali Sodiq Al Hassanga sariq kartochka ko'rsatdi. U qarshi hujumga o'tib ketayotgan Oybek Bozorovni to'xtatib qolgan edi.

55. Navbatdagi sariq kartochka Abdulla Abdullaevga ko'rsatildi.

54. Bobur Abduholiqovvvv!!!!!! Afsus! 2 metrdan gol urolmadik. Abduholiqov navbatdagi qulay vaziyatdan foydalana olmadi. Darvozabon ham bu erda ajoyib harakat qildi. 0:0 (!)

51. Saudiya Arabiston olimpiya terma jamoasi golga juda yaqin kelgan edi. Ammo, 7-raqamdagi Abdulrahmon G'aribning jarima maydonchasi ichida bergan zarbasiga aniqlik etishmadi, hayriyat.

49. Saudiyaliklar sardori Sami Alnajiga maydon markazida tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

48. Yaxshiboev jarima maydonchasi ostonasida yiqitildi. Hakam esa jarima zarbasini belgilamoqda. Afsus, penalti emas.

46. Hakam ikkinchi bo'limga start beruvchi hushtakni chaldi.

TANAFFUS

45. Bosh hakam Ryuji Sato o'yinning birinchi bo'limiga 1 daqiqa qo'shib berdi.

42. Qayd etish kerakki, vakillarimiz hali raqib darvozasi tomon aniq zarba berishmadi. Berilgan 3ta zarbaning hammasi noaniq. Saudiyaliklarning 6ta zarbasidan esa bittasi Nematov darvozasi tomon aniq borgan.

37. Ayni daqiqalarga kelib kurash maydon markazida kechmoqda. Ikkala jamoa ham ehtiyotkorlikni birinchi o'ringa qo'ymoqda.

32. To'pga egalik qilish bo'yicha kichik ustunlik saudiyaliklar tomonida: 53% - 47%

28. Ilhom Alijonov qanotdan faol hujumlarga o'tmoqda. Ammo, uning jarima maydonchasi ichiga uzatayotgan to'plari doim ham aniq bo'lmayapti.

27. Raqib safida 7-raqamda o'ynayotgan Abdulrahmon G'arib va 9-raqamdagi Abdulloh Abdulrahmon Alhamddan nisbatan ko'zga tashlanishmoqda. Ammo, ustunlik vakillarimiz tomonida.

22. O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ustunlikni qo'lga olgan. Jamoamiz ketma-ket xavfli vaziyatlarni uyushtirmoqda.

17. Abduholiqov!!! Saudiyaliklarning xatosini kutmagan "Nasaf" hujumchisi deyarli 2 metrdan raqib darvozasi tomon zarba bermoqchi edi, ammo hujumchimiz noqulay vaziyat tufayli raqib darvozasini ishg'ol qila olmadi.

16. Xavfli vaziyat! Abdulloh Abdulrahmon Alhamdda gol urish uchun yaxshi imkoniyat yuzaga kelgan edi. Himoyachilarimizning bo'sh o'yinidan so'ng raqib hujumchisi darvozamiz tomonga zarba berdi, ammo noaniq.

12. Exxxxx!!! Bobir Abduholiqovvv! Qodirqulovning ajoyib pasidan so'ng Abduholiqov to'pni havolatib saudiyaliklar darvozasiga yo'lladi, ammo uning zarbasiga aniqlik etishmadi. Hisobni ochish uchun ajoyib imkoniyat yuzaga kelgan edi.

8. O'yindagi ilk sariq kartochka Islom Qobilovga ko'rsatildi. U Ali Sodiq Al Hassanga nisbatan qo'pollik ishlatgan edi.

4. Dastlabki daqiqalarda har ikki jamoa ham bir-birini o'rganmoqda desak bo'ladi. Jamoalar hozircha tezkor hujumlarga o'tishmayapti.

1. O'yin boshlandi!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- U-23 Osiyo CHempionati yarim finali doirasidagi Saudiya Arabistoni va O'zbekiston olimpiya terma jamoalari o'rtasidagi o'yinni birgalikda kuzatib boramiz.

Reyting: -147   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика