U-23 Osiyo chempionati. O'zbekistonning chorak finaldagi raqibi ma'lum. Xayr, Vetnam!

Narzulla Saydullayev
16 yanv 2020, 20:14
Bugun Tailandda o'tayotgan U-23 Osiyo chempionatida guruh bosqichi yakuniga etdi.

"D" guruhida o'tgan musobaqa finalchisi Vetnam sensacion tarzda KXDRga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi va guruhda qolib ketdi.

O'zaro o'yinda 1:1 hisobida durang o'ynagan Iordaniya va BAA keyingi bosqichga chiqdi. Guruhda to'plar nisbatiga ko'ra BAA birinchi o'rinni egalladi. O'zbekiston U-23 chorak finalda aynan BAA bilan to'qnash keladigan bo'ldi.

Bu o'yin 19 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:15da boshlanadi.


"D" guruhi
Vetnam - KXDR 1:2
Iordaniya - BAA 1:1



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia