U-23 Osiyo chempionati. Janubiy Koreya - yarim finalda!
19 jan 2020 17:29
Yangiliklar


U-23 Osiyo chempionati. Janubiy Koreya - yarim finalda!
U-23 Osiyo chempionati chorak finali doirasidagi Janubiy Koreya - Iordaniya uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Birinchi taymda koreyaliklar CHo Gue Sung tomonidan urilgan gol orqali hisobni ochishdi. 76-daqiqada Yazan Al Naimat hisobni tenglashtirdi. Asosiy vaqt 1:1 hisobid tugab borayotgan bir paytda 90+5-daqiqada Li Dong Kyong gol urib Janubiy Koreyani yarim finalga olib chiqdi - 2:1.
Janubiy Koreya yarim finalda Avstraliya bilan o'ynaydi. Ikkinchi yarim finalda Saudiya Arabistonining raqibi BAA - O'zbekiston uchrashuvidan so'ng malum bo'ladi.
U-23 Osiyo chempionati. CHorak final. 19.01.2020
Janubiy Koreya - Iordaniya 2:1
Gollar: CHo Gue Sung 16, Li Dong Kyong 90+5 - Yazan Al Naimat 76.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar