So’nggi yangiliklar

19:00Ўзбекистон U-23 терма жамоаси 30 август куни Қирғизистонга йўл олади   0 18:49Одил Ҳамробеков ва Ўткир Юсупов Ўзбекистон терма жамоасининг йиғинига келиб қўшилди   0 18:07"Қайрат" бош мураббийи: "Бунчалик узоққа боришимизни кутмагандим"  3 17:15"Футбол олами". Ярим финалчилар маълум, хайр "Навбаҳор" ва "Бунёдкор"  4 16:59"Андижон", "Динамо", "Навбаҳор"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари   7 16:34"Ливерпуль" "Бавария" футболчисини АПЛга қайтармоқчи  0 15:45Жаҳон чемпионатигача: Бентуда терма жамоани тайёрлаш учун қанча вақт бўлади?  23 15:23Ўзбекистон кубоги. "Динамо" ярим финалга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 15:10"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини "Милан"да давом эттиради  2 14:44Бенту бошқарган терма жамоалар мундиалларда нима каромат кўрсатган?  30 14:23Нкунку фаолиятини А Серияда давом эттиради (Фабрицио Романо)  8 14:15"Арсенал" яна бир трансфер бўйича келишувга эришди  0 14:06CAFA NATIONS CUP-2025 мусобақаси бошланмоқда. Эртага ўйинолди матбуот анжуманлари ва расмий машғулотлар бўлиб ўтади  5 13:45Бенту Ўзбекистон терма жамоаси тарихидаги 10-хорижлик мураббий бўлади. Аввалги ҳамкасблари қандай натижа кўрсатган?   43 13:03Бугун ЕЧЛга қуръа ташланади. Олма-отага кимлар келади?  10

U-23 Osiyo chempionati. "A" va "B" guruhi jamoalari bosh murabbiylari Yangiliklar

U-23 Osiyo chempionati. "A" va "B" guruhi jamoalari bosh murabbiylari

Xitoyda bo'lib o'tadigan navbatdagi U-23 Osiyo chempionati boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi. Keyingi haftaning seshanba kuni musobaqaga start beriladi va u 27 yanvarga qadar davom etadi.

Bugun OFK veb-sayti "A" va "B" guruhidan o'rin olgan terma jamoalar bosh murabbiylari haqida qisqacha malumot chop etdi. Quyida sakkizta jamoa bosh murabbiylarini keltirib o'tamiz.

"A" guruhi:
Qatar. Bosh murabbiy - Feliks Sanches (Ispaniya)
Xitoy. Bosh murabbiy - Massimiliano Maddolini (Italiya)
O'zbekiston. Bosh murabbiy - Ravshan Haydarov (O'zbekiston)
Ummon. Bosh murabbiy - Hamad Al Azani (Ummon)

"V" guruhi
Yaponiya. Bosh murabbiy - Hajime Moriyasu (Yaponiya)
KXDR. Bosh murabbiy - Ju Song Il (KXDR)
Tailand. Bosh murabbiy - Zoran Yankovich (Bolgariya)
Falastin. Bosh murabbiy - Ayman Sanduqa (Falastin)

Bosh murabbiylar haqida nimalarni bilamiz?

Feliks Sanches - Qatar
Feliks Sanches Qatar milliy terma jamoasida ham bosh murabbiy hisoblanadi. Unga federaciya rahbariyati ishonch bildirib, U-23 terma jamoasini ham topshirdi. Qatarliklar to'rt yil oldingi musobaqada to'rtinchi o'rinni qo'lga kiritishgandi. Endilikda bu jamoa ispaniyalik mutaxassis qo'l ostida ishtirok etadi. SHuni aytish lozim, ushbu murabbiy 2014 yil o'tkazilgan U-19 Osiyo chempionatida Qatar bilan chempionlikni qo'lga kiritgan.


Massimiliano Maddolini - Xitoy
Italiyalik murabbiy Osiyo futbolini har holda ancha yaxshi biladi, chunki u 2012-2015 yillarda Xitoyning "Guangju Evergrand" klubi bosh murabbiyi yordamchisi bo'lib ishlagan. Qolaversa, Xitoy milliy terma jamoasida ham yordamchi murabbiy vazifasida ish olib bordi. U hamyurtlari Marchello Lippi, Fabio Kannavaro, CHiro Ferraralar bilan birga ishlagan. Xitoyliklarning undan umidi katta.


Ravshan Haydarov - O'zbekiston
Ravshan Haydarov O'zbekistonda mashhur murabbiylar sirasiga kiradi. U 2015 yil Yangi Zelandiyada bo'lib o'tgan U-20 Jahon chempionatida chorak finalga qadar etib borib, Osiyo jamoalari orasida eng yaxshi natijani qayd etgandi. Bundan tashqari, Haydarov "Paxtakor" bilan ikki bor O'zbekiston chempioni va Kubok sohibi bo'lgan. Qolaversa, aynan Haydarov boshchiligidagi jamoa 2014 yilgi U-19 Osiyo chempionatida yarim finalgacha etib borgan.


Hamad Al Azani - Ummon
2002 yildan beri murabbiy sifatida ishlab kelayotgan Hamad Al Azani futbolchilik faoliyatini ko'proq "Al Nahda" klubida o'tkazdi. U hozir 44 yoshda. U shuningdek, 2007 va 2011 yillardagi Osiyo Kubogiga saralash o'yinlarida terma jamoa murabbiylar shtabida ishlagan. Qolaversa, 2008 yilgi OFK Kubogi musobaqasida "Al Nahda"ga murabbiylik qilgan.


Hajime Moriyasu - Yaponiya
49 yoshli Hajime Moriyasu o'z vaqtida "Sanfrechche Xirosima"ni boshqargan. U bungacha faqat klub miqyosida ishlab kelgan va "Sanfrechche Xirosima" bilan uch marta - 2012, 2013, 2015 yillarda Yaponiya chempioni bo'lgan. Hajime Moriyasu oldiga Yaponiya U-23 terma jamoasini 2020 yilgi Olimpiada o'yinlariga olib chiqish vazifasi qo'yilgan.


Ju Song Il - KXDR
44 yoshli Ju Song Il o'tgan yilning iyul oyidan beri KXDRning bu yoshdagi terma jamoasini boshqarib kelmoqda. Uning shogirdlari saralashda muvaffaqiyatli ishtirok etib, Osiyo chempionatiga yo'l olishdi. Malumki, KXDR qizlar termasi U-16 Osiyo chempionatida chempion, U-19 Osiyo chempionatida esa ikkinchi o'rin sohibi bo'lishdi. Endilikda muxlislar o'g'il bolalar jamoasidan ham yuqori natijalarni kutmoqda. Negaki Ju Song Il bungacha qizlar jamoasini muvaffaqiyat sari etaklab kelgan.


Zoran Yankovich - Tailand
O'z vaqtida "Dalyan SHayde" klubida to'p surgan Zoran Yankovichni xitoyliklar muxlislar yaxshi bilishadi. U mazkur musobaqaga Tailand termasi bosh murabbiyi sifatida tashrif buyuradi. Malumot uchun, Zoran Yankovich 2004 yil Bolgariya terma jamoasi safida Evropa chempionatida ishtirok etgan. 2010 yil futbolchilik faoliyatini tugatgan Yankovich shundan beri murabbiylik kasbi bilan shug'ullanib kelmoqda. U hozir Tailand U-23 terma jamoasiga bosh murabbiy bo'lish bilan birga milliy terma jamoada yordamchi murabbiy hisoblanadi.


Ayman Sanduqa - Falastin
Falastin U-23 Osiyo chempionatida birinchi marta bu yil ishtirok etadi. Ayman Sanduqa saralash bahslarida yaxshi natija qayd etib, Falastinning guruhda birinchi o'rinni olishini taminladi. SHuni aytish lozim, Falastin saralashda Iordaniyadan o'zib ketdi. 44 yoshli murabbiy Falastinning turli yoshdagi terma jamoalarida ishlagan. Ushbu murabbiy ham Xitoydagi musobaqada sensaciya ko'rsatishni maqsad qilmoqda.


X.Xoliqov tayyorladi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика