So’nggi yangiliklar

15:46"Лацио" — "Наполи". Таркиблар маълум  1 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  3 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  2 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  1 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0 12:04Бу йил Суперлига "ёнади", декабрда ҳам ўйинлар бўлади  7 12:00Бугунги ўйинлар: "Ман Сити" — "Челси", "Реал" — "Бетис" ва бошқалар  3 11:22"Барселона" Бастонининг трансфери бўйича қарор қабул қилди  6 10:43Пеп Гвардиоланинг "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:15Драган Черан: “Андижонлик мухлислар нафақат Ўзбекистонда, балки жаҳон даражасидаги бренд”  12 09:48Лионель Месси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  5 09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  6

U-23 OCH saralashi: O'zbekiston - Livan 3:1 (to'liq sharh) Yangiliklar

U-23 OCH saralashi: O'zbekiston - Livan 3:1 (to'liq sharh)

O'zbekiston U-22 terma jamoasi BAAning Al Ayn shahrida start olgan U-23 OCH saralash turnirini Livan ustidan qozonilgan g'alaba bilan boshladi.

15 iyul kuni BAAning Al Ayn shahrida kelasi yili Xitoyda bo'lib o'tadigan U-23 Osiyo chempionati saralashi D guruhi uchrashuvlari start oldi. Dastlabki turning ilk uchrashuvida saralash mezboni BAA yoshlar terma jamoasi Nepalni yirik 5:0 hisobida mag'lub etdi. Turning ikkinchi uchrashuvida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Livanga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning birinchi taymidayoq Ravshan Haydarov jamoasi raqib darvozasiga uchta gol urdi. Dastlab, raqib himoyachisi Faysal Hamis o'z darvozasiga to'p kiritgan bo'lsa, Bobur Abduholiqov Livan darvozasini yana ikki bor ishg'ol etdi. Ikkinchi taymda Livan yoshlar terma jamoasi bitta javob to'pini kiritdi va uchrashuv O'zbekiston yoshlar terma jamoasining 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-22 yoshlar terma jamoasi ikkinchi turda 17 iyul kuni Nepal yoshlariga qarshi maydonga tushsa, Livan yoshlari BAA yoshlariga qarshi bahs olib boradi.

U-23 yoshlar o'rtasidagi Osiyo CHempionati saralashi, "D" guruhi, 1-tur.
Al Ayn, BAA.
Tanhun bin Muhammad stadioni.
O'zbekiston U-22 - Livan U-22 3:1
Gollar:
Halil Hamis (20, avtogol), Bobur Abduholiqov (30, 39) - Hasan Hammud (58).
O'zbekiston U-22: Dilshod Hamraev, Islomjon Qobilov, Doston Tursunov, Akrom Komilov, Abbos Otaxonov, Odil Hamrobekov (68, Abdujamol Isroilov), Javohir Siddiqov, Azizjon G'aniev, Bobur Abduholiqov (78, Doniyor Narzullaev), Jasur Yaxshiboev (89, Xurshid G'iyosov), Zabihillo O'rinboev.

Ikkala terma jamoa bosh murabbiylarining uchrashuvdan so'nggi fikrlari:
Ravshan Haydarov, O'zbekiston U-22 terma jamoasi bosh murabbiyi:
"Bugungi o'yin uchun futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman. Futbolchilar biroz noqulay sharoitlarga qaramay haqiqiy shijoat va matonat ko'rsatishdi. Bugun ikki hil taymlarga guvoh bo'ldik. Dastlabki bo'limda biz yaxshi o'ynadik, ikkinchi bo'limda esa, biroz etiborni qochirdik va natijada gol o'tkazib yubordik. Raqibni qarshi hujumda jazolamoqchi edik, ammo, buni uddasidan chiqa olmadik. Yaxshi vaziyatlar yaratdik, ammo, ulardan foydalana olmadik. Biz uchun guruhdagi har bir uchrashuv muhim. Nepalga qarshi o'yinga ham, BAAga qarshi ham jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz".

Kurchich Milich, Livan yoshlar terma jamoasi murabbiyi: "Biz ushbu turnirga juda qisqa muddat davomida tayyorlandik. Ammo, shunday bo'lsa ham, harakat qildik. Birinchi taymda futbolchilarni tanimadim. Ular raqibdan qo'rqib o'ynashgandek taassurot qoldirdi. O'zbekiston terma jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Ular juda kuchli jamoa va buni bilgan holda tayyogarlik ko'rgan edik. Keyingi raqibimiz BAA va ular ham xuddi O'zbekiston singari saviyadagi jamoa. Biz xatolardan to'g'ri xulosa chiqarib, keyingi o'yinga yaxshiroq tayyorgarlik ko'rishni istaymiz. Umid qilamanki, keyingi o'yinda eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatamiz".

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика