So’nggi yangiliklar

02:38А Серия. "Рома" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродовдан гол+пас  52 00:10Туркча "Эл Классико". "Галатасарой" ва "Фенербахче" муроса кўчасини танлади  6 23:43"Сити" ёзда 7 нафар футболчи билан хайрлашмоқчи  6 23:19Ишчиларни камайтираётган МЮ энди ходимлар учун бепул тушликларни ҳам бекор қилмоқчи  7 22:56Назорат учрашуви. "Қизилқум" Россия клубини мағлуб этди  1 22:09Назорат учрашуви. "Насаф" Москванинг "Спартак" жамоасига ютқазди  8 21:29Ёзда 250 кишини ишдан ҳайдаган МЮ яна 150-200 ходим ишсиз қолишини эълон қилди  12 20:54Назорат учрашуви. "Локомотив" Грузия клубини таслим қилди, 15 ёшли боланинг голи ғалабага сабаб бўлди  4 20:12"Арсенал" "Реал" юлдузи учун 85 млн евро тўлашга тайёр  5 19:45Доку "Ливерпуль" билан ўйинда АПЛ рекордини ўрнатди  8 19:19Яна бир топ-клуб Антонига қизиқмоқда  3 18:57"Барселона" Рокени сотади. Шартнома шартлари маълум  3 18:30Владимир Бубанья: "Андижон"дан кетиш? Футболда учраб туради. "Хоразм" Суперлигада барқарор жамоа бўла олади"  4 18:09Расман: Ўзбекистон, Тожикистон ва Қирғиз Республикаси Осиё кубоги-2031 ни биргаликда ўтказиш борасида ОФКга таклиф юборди  49 17:40"Манчестер Сити"да ўйнаш осон" — Нико Гонсалес  3

U-21 chempionati yana avvalgi formatga qaytishi mumkin. Buning ustun va kamchiliklari nimada? Murabbiylar qanday fikrda? Yangiliklar

U-21 chempionati yana avvalgi formatga qaytishi mumkin. Buning ustun va kamchiliklari nimada? Murabbiylar qanday fikrda?

Mavsum yakunlanishi bilan allaqachon 2025 yil rejalari ishlab chiqilmoqda.

Superliganing qanday o'tishi borasida yakuniy to'xtamga kelingan va bu liga borasida savollar yo'q hisob. Endi masala U-21 chempionati haqida. Malumotlarga qaraganda, o'rinbosarlar chempionati yana avvalgi formatiga qaytmoqda. Bilsangiz, avval klublarning o'rinbosarlari asosiy tarkib o'yinidan bir kun oldin o'tkazilardi. Keyinchalik takliflar o'rganilib chiqilib PFL 2022 yildan boshlab buni bir kun keyin o'tkazish formatini yo'lga qo'ydi. Ikkisida ham ikki xil qarash mavjud edi. 

Taqqoslash

Biz o'rgangan formatda bosh jamoalarning o'rinbosarlari bir kun oldin maydonga chiqishardi. Foyda shu ediki, ayrim jamoalarning bosh murabbiylari bir kun avval yoshlarni kuzatgan holda etiborga tushganlarini oldindagi uchrashuv qaydnomasiga kiritar, lozim topsa maydonga ham tushirardi. Qaysidir manoda o'rinborsarlar safidagi bola bir kun oldin asosiy jamoaga chaqirilishim mumkin degan, motivaciya va ishtiyoq bilan to'p tepadi. 

Buning ikkinchi tomoni ham borligini unutmasligimiz shart. Odatda, o'rinbosarlar ishtirokidagi bahs vaqtli boshlanadi. O'sha pallada esa aksariyat murabbiylar bosh jamoa bilan o'yin oldidan mashg'ulot o'tkazadi. O'z-o'zidan ularda jamoani kelajagi hisoblangan futbolchilarning harakatini kuzatish imkoni nisbatan kamayadi. Asosiy etibor baribir istaymizmi-yo'qmi ertangi uchrashuvga qaratiladi. Bu formatda esa murabbiylar bemalol selekciya ishlarini olib borishi, keyingi bellashuv qadar nomzodlarni xotirjam ko'rib chiqishi mumkin edi. Murabbiylar o'yinlarni to'liq ko'rishga o'tishganini takidlay olmiz. 


Maydon holati

Mutaxassislar bilan suhbatlashar ekanman ular agarda o'rinbosarlarga ham asosiy jamoaniki kabi sifatli maydon berilsa, bir kun oldin ham o'tkazishga qarshi emasliklarini aytishdi. Lekin ikkinchi formatning ustun tomoni shunda bo'ldiki, bunda U-21 jamoasi futbolchilari "ogorod"da emas, katta va sifatli maydonda to'p tepishini bildirishdi. Bu bilan sifatsiz maydondagi orttiriliishi mumkin bo'lgan jarohatlarning oldi olinishi malum qilindi. Asosiy jamoa mayli, yoshlar, o'rinbosarlar qanday maydonlarda o'ynayotgani va sifat darajasini o'ylashimiz kerak.  

O'yin amaliyoti 

Mazkur formatda deyarli barcha murabbiylar zaxiradagi futbolchilarni o'ynatib olish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Eski formatga qaytilgan taqdirda futbolchilarni yo'qotishimiz hech gap emas. Bunda u asosiy tarkib uchun o'zini asrashi, qizil kartochka, jarohatlardan tiyilishi asosiy planga chiqib qoladi. Agarda futbolchi bir kun oldin asosiy jamoada o'ynamagan taqdirda ham murabbiy uni ertasiga bemalol tushira oladi. 


Murabbiylar qanday fikrda?

Abduhamid Qodirov ("Bunyodkor" U-21 murabbiyi) - Hozirgi formatning yaxshi tomoni shuki, yuqorida aytganingizdek o'rinbosarlar sifatli maydonda harakat qilishadi. Bir kun oldin esa asosiy maydon tabiiyki berilmaydi, jamoani o'zi shug'ullanadi. Qaerdagi maydonlarga olib borishadi. Sifatli maydonda sifatli o'yin bo'ladi. 

Jamoliddin Rahmatullaev ("Bunyodkor" U-21 murabbiyi) - Agarda bir kun oldinga ko'chadigan bo'lsa, hozirgi U-21 jamoalarining yoshi ancha qisqaradi. Nimagaki, o'rinbosarlar jamoasining shakllangan tarkibi o'sha uchrashuvlarda o'ynaydi. Asosiy tarkib jamoasidan juda kam futbolchi maydonga tushadi. Asosiy jamoaga o'ynashi 50/50 bo'lgan futbolchini ham bir kun oldin dublga yubormaydi. Jamoa bilan boradi va o'yin oldi mashg'ulotini o'tkazadi. Yana bitta masala, o'tish yoshida bo'lgan, asosiy jamoaga etib bormagan, o'rtada turgan futbolchilarni yo'qotib qo'yamiz. Ular na bosh jamoada, na o'rinbosarlar jamoasida amaliyotga ega bo'lmaydi. Agar bir kun keyingi format davom etsa, yoshlarga ko'proq tayanadigan jamoalarga foyda bo'ladi. Buni aytganimdek, o'rtada turgan futbolchiga ham murabbiy imkoniyat bera oladi. O'z-o'zidan asosiy jamoa ustozi ertasi kun qolib yangi futbolchilarni o'ziga kashf qilishi mumkin. Yana bir faktor maydon. Bir kun asosiy jamoaning maydonini aniq bermaydi. 

Azam SHerg'oziev (OKMK U-21 murabbiyi) - Bir kun oldin bo'lishining ustun tomoni ko'p. Bu motivaciya bilan bog'liq, asosiy jamoa tarkibiga kirishga harakat qilinadi. Murabbiylar kuzatgani keladi. Safardagi o'yinlarda asosiy jamoaning murabbiylari kelishi kamdan-kam ro'y beradi. Klub ichidagi xodimlar birinchi o'rinda asosiy jamoaga qaraydi. Ertasi kun o'ynaganimizda qarovsiz qolib ketgan paytlar bo'lgan. Fikrim, baribir bir kun oldin o'ynagan ham yaxshi. 

Ivan Boshkovich ("So'g'diyona" bosh murabbiyi, muntazam U-21 o'yinlarini kuzatib boradi) - "Yosh va iqtidorli futbolchilarga etarlicha o'yin amaliyotini berishni istaydigan mutaxassis uchun U-21 jamoasi asosiy tarkibdan keyin o'ynagani maqul. Biz bu yo'nalishda etarlicha ish olib bordik, deb o'ylayman. Agar U-21 jamoasi asosiy tarkibdan bir kun avval o'ynaganida edi, katta ehtimol bilan qator yosh futbolchilarni ertangi uchrashuvga asrashga harakat qilgan bo'lardik. Bu bilan ular na yoshlar jamoasida etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'ladi va na ertasiga asosiyda ko'p o'ynashi kafolatlanadi. CHunki asosiy uchrashuvda nimalar bo'lib ketishini oldindan aytib bo'lmaydi. SHuning uchun ham biz ko'proq etiborni asosiy bellashuvga qaratdik va ertasi kuni kam o'yin amaliyotiga ega bo'lganlarni qo'rqmasdan U-21 jamoasi safida maydonga tushishini taminladik", — deb gap boshladi Boshkovich. 

CHernogoriyalik murabbiy fikrida davom etadi: «Jarohatini endigina davolagan tajribali futbolchi odatda asosiy jamoada kamroq daqiqalarga ega bo'ladi. Mana shunday vaqtda ular kerakli zo'riqishni U-21 jamoasi safida olishga intiladi va tabiiyki, kelgusi turga qadar o'z formasini tiklab borishi osonroq kechadi. U-21 jamoasi ishtirokidagi bellashuv avvalroq o'tkazilsa, siz jarohatini qaytalab olishidan cho'chib turasiz, chunki sizni asosiy bahs ko'proq qiziqtiradi. Ahir murabbiy sifatida meni asosiy uchrashuv qaydnomasiga kiritiladigan 20 talik ko'proq qiziqtiradi. Ertasiga esa bemalol yoshlar ishtirokidagi o'yinga reja tuzib, uni diqqat bilan kuzatamiz. Bu bizga kelgusi tur uchun dastlabki xulosalarni beradi",- deydi Boshkovich PFL saytiga bergan fikrida. 

Rustam Qurbonboev ("Surxon" U-21 murabbiyi) - O'ylashimcha, bir kun oldin yoki bir kun keyin o'ynashning katta farqi yo'q. Fikrimcha, o'rinbosarlar jamoasi bir kun keyin o'ynagani maqsadga muvofiq. Asosiy tarkibda kam o'yin amaliyoti olayotganlar U-21 jamoasida to'p tepishi foydaliroq bo'lsa kerak. Eng asosiysi bosh murabbiy o'rinbosarlar ishtirokidagi o'yinni ko'rish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo'ladi. Baribir bir kun oldin etibor bosh jamoaga qaratiladi.

Taklif: PFL U-19 chempionatida ikkita liga klublarining yoshlar jamoalari ishtirok etadi. Xuddi shu formatni U-21 chempionatida ham yo'lga qo'yish orqali jamoalarni saqlab qolish mumkin. Bunda bosh jamoasi quyi ligaga tushib ketgan taqdirda ham o'rinbosarlari o'z chempionatida ishtirok etishda davom etishi kerak. Yani zanjir uzilmasligini taminlash zarur. Jamoa Pro ligaga tushib ketgan taqdirda ham bu U-21ga tasir o'tkazmasligi lozim.

O'zimning ham, murabbiylarning ham fikrini havola qildim. Umid qilamanki, PFL bu borada odilona qaror qabul qiladi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

   
03 dek 14:17:15
БЕК@
Бошковичнинг фикрига қўшиламан. Бир кун кейин бўлиши ва бу учрашувни бош мураббий кузатиши шартлигини белгилаб қўйиш керак
   
03 dek 13:34:53
Жамшид Абдусамадов
Олдинлари олий лигани муррабийи 1-лига уйинларига хам боришарди. Хозир уринбосарлар учрашуви качон булса хам толк йук. Бу йил ким ярк этди. Хеч ким.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика