U-21 Birinchiligi. To'purarlar poygasida kimlar yetakchi?

Narzulla Saydullayev
7 iyul 2020, 13:32
Kecha U-21 Birinchiligida 8-tur o'yinlari yakuniga etdi.

Ortda qolgan 8ta turdan keyin to'purarlar poygasiga e'tibor qaratmoqchimiz. Ro'yxatda birinchi o'rinda "So'g'diyona" klubi yarim himoyachisi Sahob Rashidov bormoqda. Sardor va Sanjar Rashidovning ukasi hisoblangan Sahob 8ta turda 12ta gol urishga erishdi.

"Paxtakor" vakili Alisher Odilov esa 8ta turda 8ta to'p kiritib hozircha ikkinchi o'rinda bormoqda. AGMK hujumchisi Kamronbek Abdulhamidov hisobida 7ta gol mavjud.

"Metallurg" a'zosi Mahmudjon Qudratillaev bugungi kungacha 6 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qilishga erishdi. "Nasaf" hujumchisi Javohir Hasanov hisobida 5ta gol bor.

"Surxon" vakili Muhammadali Abdurahmonov hamda "Navbahor" futbolchisi Husayin Ergashboev 8ta turda 4tadan gol urishdi.


U-21 Birinchiligi. 8-turdan keyingi to'purarlar poygasi

12 - Sahob Rashidov ("So'g'diyona") (17.09.1998)
8 - Alisher Odilov ("Paxtakor") (15.07.2001)
7 - Kamronbek Abdulhamidov (AGMK) (05.06.1998)
6 - Mahmudjon Qudratillaev ("Metallurg") (25.05.2000)
5 - Javohir Hasanov ("Nasaf") (11.02.2000)
4 - Muhammad Ali Abdurahmonov ("Surxon") (05.10.2000)
4 - Husayin Ergashboev ("Navbahor") (21.08.2000)

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia