Marat Bikmaev va Sahob Rashidov "Dinamo" bilan xayrlashdi

Alisher Ostonov
2 yanv 2023
O'tgan mavsumda Superligada so'nggi o'rinni egallagan "Dinamo" tarkibida o'zgarishlar davom etmoqda.

Bu yil Pro ligada qatnashadigan samarqandliklar safini Sahob Rashidov va Marat Bikmaev tark etdi. Avvalroq mavsum tugashi bilan uch nafar legioner Miloe Prekovich, Mixaylo Yovanovich, Evgeniy Chumak jamoa bilan xayrlashgandi.

Ma'lumot uchun, "Dinamo" 5 yanvar sanasidan Toshkentda yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettiradi. Yig'in doirasida bir qator o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazish rejalashtirilgan.


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia