So’nggi yangiliklar

02:59Мбаппенинг дубли "Реал"га "Вильярреал" устидан ғалаба келтирди  6 02:32Аёллар ўртасидаги Испания Суперкубоги: "Барселона" яна "Реал"ни мағлуб этиб, кетма-кет бешинчи бор чемпион бўлди  2 01:55Арне Слот: "Бундай ўйинда 4 дақиқа қўшиб бериш камлик қилади"  5 01:50БУНДЕСЛИГА. "Леверкузен"да қийин ғалаба, "Дортмунд" эса Берлинда зафар қучди  0 00:34АПЛ. «БОРНМУТ»ДАН СЕНСАЦИЯ! «Ливерпуль» 90+5-дақиқада мағлубиятга учради  8 23:58Гвардиола ҳакамлардан норози: "Говард Уэбб, эртага чиқ ва нима учун пенальти берилмаганини тушунтириб бер!"  5 23:41"Вильярреал" - "Реал Мадрид". "Қироллик клуби" таркиби маълум  40 23:23Гвардиола "Сити"даги "янгилар"нинг ўйинига баҳо берди  4 22:47"Реал" ҳимоячиси жароҳат билан ўйнамоқда: Рауль Асенсио жамоаси учун соғлиғини хавф остига қўйди  9 22:32ПСЖ 18 ёшли футболчи учун "Барселона"га битимдагидан кўпроқ тўламоқчи  1 22:20U-23 ОСИЁ КУБОГИ. ЯПОНИЯ — ЧЕМПИОН! Хитой финалда тор-мор этилди  16 22:00Англия. Ҳусанов-Гехи жуфтлигидаги илк баҳсда "Сити" дарвозаси "қуруқ" сақланди ва "шаҳарлик"лар ғалаба қозонди  5 21:29"Бавария" Бундеслига жорий мавсумидаги илк мағлубиятини қабул қилди  11 21:25АПЛ. "Борнмут" - "Ливерпуль" баҳси учун таркиблар маълум  17 20:51Тедди Шерингем: "Арсенал" ўзи ҳақида ҳаддан ташқари юқори фикрда, улар рақибни ҳурмат қилишни ўрганишлари керак"  13

U-20 JCH: O'zbekiston – Gonduras: Prevyu Yangiliklar

U-20 JCH: O'zbekiston – Gonduras: Prevyu

Bugun Toshkent vaqti bilan soat 09:00da U-20 yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati F guruhida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi o'zining ilk uchrashuvida maydonga tushadi.
Kraystcherch shahrida bo'lib o'tadigan uchrashuvda Ravshan Haydarov shogirdlari Gonduras terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. Ushbu uchrashuv O'zbekiston yoshlar terma jamoasi uchun U-20 yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatlarida hisob bo'yicha 12-uchrashuv bo'ladi. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bungacha 3 marotaba ushbu yosh toifasidagi Jahon chempionatlarida ishtirok etgan. Bungacha terma jamoa 2003 va 2009 yilgi Jahon chempionatlarida guruh bosqichida o'z ishtirokini yakunlagan bo'lsa, 2013 yilda Turkiyada bo'lib o'tgan mundialda O'zbekiston yoshlar terma jamoasi chorak finalga yo'l olgan edi.

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Jahon chempionati bahslarida Gonduras bilan ilk marotaba kuch sinashadi. Bungacha 2013 yili BAAda bo'lib o'tgan U-17 o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionatida ikkala terma jamoa musobaqaning nimchorak finalda kuch sinashgan va unda Gonduras kichik hisobda g'alaba qozongan edi.

Gonduras terma jamoasi esa, U-20 yosh toifasidagi Jahon chempionatlarida bungacha 5 marotaba ishtirok etishganva ularning barchasida guruh bosqichida ishtirokini yakunlashgan.

Eslatib o'tamiz, kecha F guruhida ishtirok etadigan terma jamoalar bosh murabbiylari va futbolchilar ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov hamda terma jamoa hujumchisi Zabihillo O'rinboevlar ishtirok etishdi.

U-20 yoshlar o'rtasida Jahon CHempionati.

1 iyun. Kraystcherch, Yangi Zelandiya.

"F" guruhi, 1-tur. (Toshkent vaqti bilan 09:00)

O'zbekiston U-20 – Gonduras U-20
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика