U-20 Osiyo kubogi saralash bosqichi. O'zbekiston U-19 termasi bugun guruhdagi asosiy raqibiga qarshi to'qnash keladi (+jadval)
14 sen 2022 09:10
Yangiliklar


U-20 Osiyo kubogi saralash bosqichi. O'zbekiston U-19 termasi bugun guruhdagi asosiy raqibiga qarshi to'qnash keladi (+jadval)
Bugun, 14 sentyabr kuni Saudiya Arabistonida boshlangan U-20 Osiyo kubogi saralash bosqichidan o'rin olgan 3-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.
Farhod Nishonov shogirdlariga bu turda mezbon Saudiya Arabistoni raqiblik qiladi. O'zbekiston U-19 termasi dastlabki ikki o'yinda Maldiv orollari (7:0) hamda Myanmani (3:0) yirik hisobda taslim etishga erishdi.
Saudiyaliklar esa ilk turda Maldiv orollari darvozasiga javobsiz 11 ta to'p kiritishdi.
Bo'lajak bahs Toshkent vaqti bilan 20:15 da boshlanadi. “A” guruhida o'rin olgan yana bir uchrashuv esa Xitoy hamda Maldiv orollari (23:30 da bosh.) o'rtasida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar