So’nggi yangiliklar

02:20Хейлунд МЮдан кетганидан қаттиқ ҳафа бўлган. Ҳужумчи ўзини Шешкодан яхшироқ деб ҳисоблаганди  1 01:50УЕФА "Барселона"га EЧЛ лига босқичи давомида "Камп Ноу"га қайтишига рухсат беради. Регламентда бу тақиқланганди  0 01:35Диёр Холматов: "Янги либосларнинг сифатига гап йўқ"  10 01:15Расман: Гюндоган "Ман Сити"дан "Галатасарой"га ўтди. Трансфер турк клубига текинга тушди  0 00:52Русланбек Жиянов: "Курашларга бой ўйинда ғалаба қозондик"  0 00:38Карлуш Кейруш: "Мен футболчиларимни охиригача ўйнашга мажбурлайман"  9 00:03Ровшан Мередов: "Анча ишончли ўйин ўтказдик"  6 23:25Расман: ОЧЛ 2 арафасида "Андижон"ни легионер футболчилардан бири тарк этди  11 23:17Тимур Кападзе: "Мухлислар нега кам? Ушбу саволга биз ҳам жавоб қидиряпмиз. Легионерлар кейинги учрашувга тайёр бўлади"  37 23:03Равшан Ҳайдаров U-23 Осиё кубоги саралаши ҳақида: "Жамоамиз турнирга белгиланган режа асосида пухта тайёргарлик кўрди"  2 22:08Игорь Сергеев миллий жамоа тарихидаги тўпурарлар орасида олтинчи ўринга кўтарилиб олди  13 21:40CAFA Nations Cup. Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  27 21:30CAFA Nations Cup. Бир киши кам бўлиб қолган Ўзбекистон Туркманистонни кичик ҳисобда мағлуб этди  273 20:55Қирғизистон бош мураббийи: "Ғалабамизни ўғирлашди"  7 20:33Топ лигалардан клуб топа олмаган Лукман Туркияга йўл олиши мумкин  1

U-20 Osiyo Kubogi. O'zbekiston Indoneziya bilan nursiz durang qayd etdi va guruhda birinchi o'rinni egalladi Yangiliklar

U-20 Osiyo Kubogi. O'zbekiston Indoneziya bilan nursiz durang qayd etdi va guruhda birinchi o'rinni egalladi

Osiyo Kubogi 3-turi doirasidagi O'zbekiston – Indoneziya uchrashuvi bo'lib o'tdi.

U-20 Osiyo Kubogi

"A" guruhi. 3-tur

O'zbekiston – Indoneziya 0:0  

Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 19:00

Hakamlar:  Majid Muhammad Alshamroni (Saudiya Arabistoni), Muhammad Ali (Pokiston), Jang Jongpil (Janubiy Koreya), 

Nazoratchi: Norboru Ishiyama (Yaponiya)

Komissar: SHon Vun Yong (Janubiy Koreya)

O'zbekiston U-20: 21.Otabek Boymurodov, 2.Izzatullo Po'latov (13.Zafarmurod Abdiraxmatov, 65), 3.Abduqodir Husanov, 4.Abubakr Ashurov, 5.Javohir O'tamurodov, 7.Po'latxo'ja Xoldorxonov (11.SHahriyor Jabborov,  82) , 10.Umarali Rahmonaliev (s), 14.Abbosbek Fayzullaev ( 9.SHahzodjon Nematjonov, 90+2), 15.Diyorbek Ortiqboev (23.Asadbek Jo'raboev, 65) 18.Saidafzalxon Axrorov (20.Mahmudjon Mahamadjanov,  82), 22.SHerzod Esanov

Zaxira: 1.Edem Nemanov, 12.Asrorbek Kenjaev, 6.Jahongir O'rozov, 8.Behruzbek Asqarov,17.Nodirbek Abdurazzoqov, 19.SHahzod Akramov, 

Indoneziya U-20: 22.Daffa Fasyo Sumavijaya, 4.Ferarri (s), 5. Kakang Rudianto, 8. Arxan Fikri, 9. Hokki Karaka Brilliant, 10.Ronaldo Joybera, 12.Ahmad Maulana Syarif, 14.Robi Darvis, 16.Doni Pamungkas, 21.Samir ( 17.Frengki, )

Zaxira: 1.Saxya Supriadi, 23.Aditya Arya, 2.Sultan Zaki Pramana, 3.Marsel, 6.Brendon, 7.Ferdiansyah, 11.Resa Aditya,18.Alfriyanto Niko, 19.Rabbani Tasnim, 20.Ginanjar


MATNLI TRANSLYACIYA



Uchrashuv yakunlandi. 

90+2. O'ZGARISH. Abbos Fayzullaev o'rniga SHahzodjon Nematjonov tushdi. 

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

88. Bugun gol ko'rmaymiz shekili. 

86. ZARBAA. Abdirahmatovning uzatmasidan so'ng Jabborov boshi bilan zarba berdi. Noaniq. 

84. ZARBAA. Jabborovning zarbasi darvoza to'siniga tegdi. 

82. O'ZGARISH. O'zbekiston, Po'latxo'ja Xoldorxonov o'rniga SHaxriyor Jabborov, Saidafzalxon Axrorov o'rniga Mahmud Mahamadjanov  tushdi. 

Aniq zarbalar: 4 - 1

75. Ustunlik to'liq terma jamoamiz tomonida. 

74. ZARBAAA. Zafarmurod Abdirahmatovdan raqib darvozasi tomon kuchli zarba. To'pni darvozaga kirishiga raqib darvozaboni yo'l qo'ymayapti. 

74. ZARBAA. Esonov qanday vaziyatni boy berdiya. Darvozani nishonga ol tamom. 

71. Farg'onadagi "Istiqlol" stadioni bugun to'lgan. 

70. Uchrashuvda temp o'ta yuqori emas. Terma jamoamizni xuddi shu hisob ham keyingi bosqichga olib chiqadi. 

To'p nazorati: 56 - 43

65. O'ZGARISH. Izzatullo Po'latov o'rniga Zafarmurod Abdirahmatov, Diyorbek Ortiqboev o'rniga Asadbek Jo'raboev tushdi. 

50. Onlayn jadvalda O'zbekiston birinchi, Iroq ikkinchi o'rinni egallab turibdi. 

48. Qanotlardan hujumlar samara keltirmayapti.  

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

37. Po'latxo'ja Xoldorxonov jarima maydonchasi ichida yakkalanib qolmoqda. 

30. ZARBAAAA. Fayzullaevning uzatmasidan so'ng Saidafzalxon Axrorov zarba berdi. Indoneziya posbonidan seyv. 

22. Vakillarimiz juda yaxshi pressing qilmoqda. Natijada mehmonlar futbolchilari xatoga yo'l qo'yyapti. Harakat yomon emas. Qanotlar juda faol. 

21. ZARBAAAAAAAAAA. Xavli vaziyat. Umarali Rahmonalievning zargarona uzatmasini Abbos golga aylantira olmadi. To'p yo'liga raqib himoyachisi g'ov bo'ldi. 

17. Abbos bugun avjiga chiqyapti. CHap qanotdan katta tezlikda kirib bordi. Yakuniy pasga aniqlik etishmadi. 

13. Terma jamoamiz qanotlardan yorib kirishga harakat qilyapti. Lekin keskinlik yo'q. 

6. ZARBA. Po'latxo'ja Xoldorxonov raqib himoyachisini aldab zarba yo'lladi. Indoneziyalik kiper o'z o'rnida. 

5. Ex. Abbos zarba bermaysanmi, gol bo'lmaydimi. Stadionga kelgan muxlislar quruq qaytishmasin. 

3. ZARBA. Abubakr Ashurovning zarbasi kuchsiz chiqdi. 

2. Fayzullaevning jarima maydonchasiga uzatib bergan to'pini indoneziyalik posbon osonlikcha ushlab oldi. 

1. Abbos Fayzullaev jarima zarbasi ishladi. To'p yonida uning o'zi. 

- O'yinga start berildi. 

Jamoalar maydonga chiqib keldi. 

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика