So’nggi yangiliklar

23:09КЖЧ. "Пальмейрас" - "Ал Аҳли" учрашуви тўхтатилди. Нега?  0 22:42Ҳаким Фузайлов: "Сўнгги ўйинимизни 3 кун олдин ўтказгандик, йигитларда чарчоқ аломатлари сезилди"  1 22:18"Рома" клубга "янги" спорт директори тайинланганини эълон қилди  1 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" муҳим учрашувда "Хоразм"ни мағлуб этди  10 21:59Суперлига. "Андижон" ва "Қизилқум" "Бобур Арена"да муроса кўчасини танлади  43 21:18АПЛ "Манчестер Сити"ни жазолади  4 20:53"Рома"да бош мураббий ўзгарди. Рим клубидаги энг яхши мавсумини ўтказган Шомуродовнинг тақдири қандай кечади?  6 20:34"Барселона" бразилиялик ҳимоячи учун 30 млн евро таклиф этади  6 19:50"Манчестер Юнайтед" мухлислари чипталар нархи кескин ошганидан норози  1 19:27Мартинес МЮга ўтишга рози  2 18:44"Реал" Мбаппе касалхонага ётқизилгани ҳақида хабар берди  5 18:16Расман: "Сурхон" россиялик ҳужумчи билан хайрлашди  0 17:52Breaking! Аббос Файзуллаев Туркия клубидан таклиф олди  14 17:36"Бухоро" – "Шўртан" учрашуви нейтрал майдонда ўтади  4 17:15Breaking! Ўринбоев фаолиятини Бельгияда давом эттиради  17

U-20 Osiyo kubogi. O'zbekiston Indoneziyani mag'lub etib, muddatidan avval chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi Yangiliklar

U-20 Osiyo kubogi. O'zbekiston Indoneziyani mag'lub etib, muddatidan avval chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi

Turnirning 2-turidan o'rin olgan uchrashuv yakunlandi.

Indoneziya – O'zbekiston 1:3

Gollar: 0:1 – 21, O'rinboev (Hamidov), 1:1 – 23, Raven (Ola), 1:2 – 47, Haydarov (Tuxsonov), 1:3 – 63, Saidnurullaev (O'rinboev).

Indoneziya U-20: 3.Al G'affori, 4.Arel, 5.Buffon (17.Hidayat, 57), 6.Florasta (8.Varman, 80), 9.Raven, 13.Sheva, 15.Ola (20.Rahmon, 87), 16.Pamungkas, 18.Firmansyah, 19.Ragil (7.Abdulmannon, 56), 21.Gvijangge (11.Pahlavi, 87).

O'zbekiston U-20: 12.Muhammadyusuf Sobirov, 2.Saidxon Hamidov, 5.Azizbek To'lqinbekov (4.G'iyos Rizoqulov, 76), 6.Ravshan Xayrullaev, 7.Daler Tuxsanov (11.Murod Komilov, 75), 9.Saidumarxon Saidnurullaev, 10.Muhammadali O'rinboev (19. Rustambek Fomin, 67), 13.Behruz Jumatov, 20.Dilshod Abdullaev, 22.Asilbek Jumaev (17.Ollobergan Karimov, 85), 23.Abdug'ofur Haydarov (16.Muhammadali Reimov, 85).

Zaxira: 1.Murkaev, 3.Zohidov, 8.Saidov, 14.Qurbonov, 15.Mirzaev, 18.Ahmadjonov, 21.Murodboev.

Ogohlantirish: G'iyos Rizoqulov (90+3).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi! O'zbekiston muddatidan avval keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Eronga qarshi bellashuv esa guruh g'olibini aniqlab beradi.

90+3. Rizoqulov raqib futbolchisiga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

89. Zarba! O'zbekiston futbolchilarining ketma-ket zarbasi xavfli, ammo noaniq ko'rinish oldi.

87. Zarba! Rizoqulov tomonidan o'ng qanotdan uzatilgan to'pga Saidnurullaev bosh bilan zarba yo'lladi, ammo to'p raqib darvozasi ustunining yonginasidan o'tib ketdi.

85. O'zbekistonda ikki o'zgarish sodir bo'ldi. 

80. Indoneziya tarkibida o'zgarish. 

79. Indoneziyaliklarning burchak uzatmasi qaytarildi.

75. O'zbekiston tarkibida ikki o'zgarish amalga oshirildi.

Mazkur o'yindagi g'alaba O'zbekistonni Eron bilan birga muddatidan avval keyingi bosqichga olib chiqadi. O'zaro bellashuv esa 19 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 16:30 da boshlanadi.

70. Zarba! Abdulmannonning raqib jarima maydoni ichidan yo'llagan xavfli zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

67. O'zgarish: Fomin O'rinboevni almashtirdi.

66. O'rinboev jarohat olgan ko'rinadi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

63. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLL!!! O'rinboevning burchak uzatmasidan so'ng Saidnurullaev to'pni bosh bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi! 58. Florasta tepgan to'pni Sobirov egallab oldi.

56. Indoneziya tarkibida ikki o'zgarish amalga oshirildi.

52. O'zbekistonliklarning navbatdagi hujumi samarasiz yakunlandi. o'ng qanotdan uzatilgan to'pga hech kim etib kelmadi.

47. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLL!!! Haydarov chap oyoqda kuchli zarba bilan raqib darvozasini aniq nishonga olib, O'zbekistonni hisobda oldinga olib chiqdi!46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi. Tanaffus.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. Shu onda Saidnurullaevning zarbasini raqib posboni egallab oldi.

44. Tuxsanovga nisbatan fol ishlatildi. Standart vaziyat. Uning o'zi tomonidan jarima maydoniga uzatma Jumatovning zarbasi bilan yakunlandi. Bosh bilan yo'llagan zarbaga aniqlik etishmadi.

42. Zarba! Xayrullaevning olisdan pastlatib yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi, ammo raqibni sarosimaga soldi.

40. Indoneziyaliklarning burchakdan uzatmasi qaytarildi, keyingi hujum esa Marselning noaniq zarbasi bilan yakunlandi.

37. Jumaev hujumda qo'idabuzarlik sodir etdi.

33. Marselning jarimadan tepgan to'pini Sobirov egallab oldi.

30. O'rinboev raqib jarima maydoni yaqinida fol evaziga to'xtatildi. Jarima zarbasi jonli devordagilarga tegib, maydonni tark etdi.

23. GOL! Indoneziya tezkor javob qaytardi. Ravenning uzoq burchak tomon yo'llagan zarbasini Sobirov qaytara olmadi.

21. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLL!!! Hamidovning chap qanotdan uzatgan to'pini O'rinboev birinchi o'yinda bo'lgani kabi bosh bilan darvozaga joylab qo'ydi!

20. Haydarovning olisdan chap oyoqda yo'llagan kuchli zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

19. Indoneziyaliklar xavfli hujum tashkillashtirildi, oldingi chiziq vakili tomon uzatilgan to'pni Sobirov maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

17. To'lqinbekovning raqib jarima maydonidan yo'llagan zarbasiga raqib himoyachisi blok qo'ydi.

15. Tuxsanovning jarima maydoniga uzatgan to'piga sherigi etib kela olmadi.

12. Tonining olisdan yo'llagan zarbasini Sobirov o'tkazib yubormadi.

11. Jumaev raqib futbolchisidan og'riqli zarba qabul qilib oldi, ammo o'rnidan turdi.

9. Raven o'ng qanotdan raqib jarima maydoniga kirib bordi, uning uzatgan to'pini Sobirov egallab oldi.

4. O'rinboevning chap qanotdan markazga uzatgan to'pini Sheva maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

3. Maydon markazida O'rinboevga nisbatan qo'pollik ishlatildi.

1. Zarba! Haydarovning olisdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

Guruhdagi ikkinchi uchrashuvda Eron Yaman darvozasiga javobsiz 6 ta to'p kiritdi va ochkolarini 6 taga etkazib, guruhdan chiqish masalasini deyarli hal qildi. Yaman esa imkoniyatlarini deyarli yo'qotdi.

1. O'yin boshlandi.


Bugun Indoneziya qizil, O'zbekiston oq rangli liboslarda harakat qiladi.

Jamoalarga maydonga chiqib kelishdi. Madhiyalar ijro etildi.

Assalomu alaykum, qadrli futbol ixlosmandlari! Bugun 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo kubogi "C" guruhi 2-turidan o'rin olgan Indoneziya – O'zbekiston uchrashuvi guvohiga aylanamiz.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика