So’nggi yangiliklar

23:40Евро-2024. "Қизил фурия" Германияни мусобақадан чиқариб юборди  190 23:23Ольмо Испаниянинг 74 йиллик антирекордига нуқта қўйди  0 23:07Евро-2024. Португалия – Франция. Бошланғич таркиблар аниқ!  4 22:57Манба: Педри учун "Евро" якунланди  9 22:40Ўзбекистон кубоги. "Навбаҳор" - "Бухоро" 1:0  0 22:35Ўзбекистон кубоги. "Навбаҳор" ва "Бунёдкор" ўз ўйинларида ғалаба қозониб, чорак финалга йўл олишди  16 21:43Расман: Абдурауф Бўриев "Пахтакор"га қайтди   13 21:18"Ал Насср" Эдерсонга жуда катта маош таклиф қилмоқда  3 20:52Туркия Демиралнинг иши бўйича апелляция бера олмайди. Нега?  2 20:13CAFA U-20 Championship 2024. Ўзбекистон Туркманистон устидан қийин ғалабага эришди  4 20:01Евро-2024. Испания – Германия. Таркиблар эълон қилинди!   11 19:53Ўзбекистон Кубоги. "Навбаҳор" – "Бухоро", "Бунёдкор" – "Қизириқ". Таркиблар маълум  12 19:44Вертонген Бельгия терма жамоасидаги фаолиятини тугатди  0 19:20Ўзбекистон рақиби Мисрнинг Олимпиада учун қайдномаси маълум  10 18:55Шерзод Эсанов: "Сўнгги учрашувлардаги натижар туфайли ўзимизга бўлган ишонч янада ортди"  3

U-20 Osiyo Kubogi. Bir kishi kam bo'lib qolgan O'zbekiston Iroqni qiyinchilik bilan mag'lub etib, yaqqol guruh peshqadamiga aylandi Yangiliklar

U-20 Osiyo Kubogi. Bir kishi kam bo'lib qolgan O'zbekiston Iroqni qiyinchilik bilan mag'lub etib, yaqqol guruh peshqadamiga aylandi

U-20 Osiyo Kubogi 2-turi doirasidagi Iroq – O'zbekiston uchrashuvi yakunlandi.

Iroq U-20 — O'zbekiston U-20 0:1

Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 19:00

Hakamlar: Yaxyo Almulla (BAA), Ahmad Said Alrashidi (BAA), Faysal Eid Al SHammari (Qatar), Ammar Ibrohim (Bahrayn)

Nazoratchi: Subhiddin Mohd (Malayziya)

Komissar: Nasir Al Obeidli (BAA)

Gol: 0:1 — 17, Po'latxo'ja Xoldorxonov.

Iroq U-20: 22.Hussayn Hassan, 4.Kadim Raad Xotam, 5.Abdul Razzoq Qosim (8.Ismoil Ahmad, 60), 6.Adam Tolib, 10.Abdul Qodir Jamil, 16.Ali Jassim (11.Ashar Ali, 80), 17.Mislim Mussa (14.Fabbos Fadhil, 86), 18.Ali Sodiq, 19.Sajjad Muhammad, 21.Haydar Abdulkarim (7.Muhammad Jamil, 60), 22.Hussayn Hasan, 23.Abbuud Rabah (9.Mustafo Qobid, 46)

Zaxira: 1.Abbos Karim, 12.Omran Zaki, 2.Sajjad Muhammad, 3.Ali Abbos, 13.Abbos Majid, 15.Abbos Mane

O'zbekiston U-20: 21.Otabek Boymurodov, 3.Abduqodir Husanov, 6.Jahongir O'rozov, 7.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 8.Behruzbek Asqarov, 10.Umarali Rahmonaliev (s), 13. Zafarmurod Abdirahmatov, 14. Abbosbek Fayzullaev (4.Abubakr Ashurov, 87), 15. Diyorbek Ortiqboev (22.SHerzod Esanov, 76), 17. Nodirbek Abdurazzoqov (16.SHahzodbek Rahmatullaev, 35), 20. Mahmudjon Mahamadjanov.

Zaxira: 1.Edem Nemanov, 12.Asrorbek Kenjaev, 2.Izzatullo Po'latov, 5.Javohir O'tamurodov, 9.SHahzodjon Nematjonov, 11.SHahriyor Jabborov, 18.Saidafzalxon Ahrorov, 19.SHahzod Akramov, 23.Asadbek Jo'raboev

Ogohlantirishlar: Jahongir O'rozov (35), Haydar Abdulkarim (41)

CHetlatish: SHahzodbek Rahmatullaev (44)


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI! BIRINCHI BO'LIMDA BIR KISHI KAM BO'LIB QOLGAN O'ZBEKISTON IKKINCHI UCHRASHUVDA HAM G'ALABA QOZONDI!

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

89. Mahamadjanov to'pni qaytarish chog'ida to'p bilan Asqarovning boshini adashtirib qo'ydi, oqibatda Behruzbekning boshini bint bilan kiyintirishdi.

87. O'zgarish: Fayzullaev o'rniga Abubakr Ashurov uchrashuvni yakunlab qo'yadi.

86. O'zgarish: Mislim Mussa o'rniga Fabbos Fadhil maydonga tushirildi.

83. Behruzbek Asqarov maydonda markazida o'zini Patrik SHik singari tasavvur qilmoqchi bo'ldi. Faqat tasavvur o'xshadi, zarba emas.

Abbos, sen qimmatbaho futbolchisan. Lekin kamera ham...

80. O'zgarish: Ashar Ali Ali Jassimni almashtirdi.

79. Rahmonaliev raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatda... tushungandirsiz.

Bugungi uchrashuvni tomosha qilish qilish uchun 32218 tomoshabin tashrif buyuribdi. Ehtimol, ulardan biri sizdirsiz. Yo'q bo'lsangiz, kelganingizda 32219 ta bo'larmidi...

76. O'zgarish: Diyorbek Ortiqboev o'rniga SHerzod Esanov eson-omon uchrashuvni yakunlab qo'yadi.

75. Kadim Raad Xotam O'zbekiston darvozasining peshonasini nishonga oldi.

74. Fayzullaev maydonda yotibdi. O'zi bitta o'yinchimiz bor-u bunaqasidan.

73. Iroqlik futbolchi yaqin masofadan o'zbekistonlik himoyachini aldab o'tib, zarba yo'llashiga ikki bahya qoldi.

71. Ismoil Ahmad Fayzullaev fintining qurboniga aylandi. Ammo jabrlangan futbolchi o'zbekistonlik yarim himoyachi edi.

69. Biroz avval belini ushlab yotgan Muhammad Jamil endi chap oyoqda Beyl singari zarba yo'lladi. Noaniqligiyam Beylniki kabi bo'ldi.

67. Fayzullaev bilan to'qnashuvdan so'ng Muhammad Jamil reklama roliklaridagi singari "Voooy, beliiim" deb qoldi.

63. Xoldorxonov ukol oladigan tana qismidan lat edi.

60. O'zgarish: Ismoil Ahmad va Muhammad Jamil o'yinga qo'shildi. Abdul Razzoq Qosim va Haydar Abdulkarim maydonni tark etdi.

59. Fayzullaevning jarimadan uzatmasidan so'ng raqib maydonida yolg'iz turgan Ortiqboev chiroyli noaniq zarba yo'lladi.

56. Yon hakam burchakka ishora qildi. O'zbekistonlik muxlislarning hayqirig'idan "He, bayrog'ingga..." degan jumlani uqib olish mumkin.

54. O'zbekistonlik futbolchilar o'zlari bilan to'pni uyoqdan-buyoqqa olib yurishibdi. Yangicha taktika bo'lsa kerak.

51. Fayzullaev 1-turdagi jarima zarbasini qayta ijro qila olmadi. To'p iroqliklar jonli devoridagi qaysidir futbolchining tanovvul qilgan taomini hazm qildirib yubordi.

48. Husanovning jarima zarbasidan so'ng iroqliklar posboni suvga kalla tashlagandek to'pga otildi.

47. Mislim Mussa Xoldorxonovni to'xtatib qolgani uchun ogohlantirildi.

46. O'zgarish: Abbuud Rabah o'rniga Mustafo Qobid ikkinchi bo'limni boshladi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakuniga etdi. Tanaffus.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

44. Biroz avval maydonga tushirilgan Rahmatullaev raqib futbolchisini rentgen qabuliga yozdirib qo'ygani uchun qizil kartochka bilan jazolandi! Yodingizda bo'lsa, U-23 Osiyo kubogidagi "tosh jangida" ham shunday holatga duch kelgandik.

41. Haydar Abdulkarim o'zbeklarga xos urf-odat hisoblangan oyoqbosdi harakatani amalga oshirdi va buning natijasida hakam tomonidan sariq kartochka bilan mukofotlandi.

40. Rahmonaliev chiroyli pas berdi. Iroqlik futbolchiga.

37. O'zbekistonlik himoyachi uning harakatlarini maydon chetida olqishlayotgan murabbiyi tomon to'pni yo'lladi.

35. O'zgarish: Nodirbek Abdurazzoqov o'rniga SHahzodbek Rahmatullaev uchrashuvni davom ettiradi.

35. "Ogohlik — davr talabi" deya uchrashuv bosh hakami O'rozovni ogohlantirdi.

33. Fayzullaev hujumda qoida buzdi. Raqib futbolchisi tanasining qaysi azosini ushlab chinqiraganini yozmay qo'yaqolganim maqul.  

31. Iroqliklar yana bir xavfli hujum amalga oshirdi. So'nggi lahzalarda Boymurodov qarsak chalishga arzirli harakat amalga oshirdi.

28. Abdul Razzoq Qosim aslini olganda juda chiroyli, raqib jamoa ishqibozlarining nazdida esa yomon zarba yo'lladi.

Tribunalardagi tomoshabinlar mobil telefonlarining chiroqlarini yoqqancha, o'yinga bezak berishmoqda. Afsuski, ularga qo'shilolmayman. Men uchun ayni damda telefonimning quvvati tugab qolmasligi muhimroq.

20. Abdirahmatovning zarbasidan so'ng Iroq posboni nigohlari bilan seyv qildi. Endi u erkin zarba bilan to'pni o'yinga kiritadi.

18. Xoldorxonov golni nishonlash xayolida yurganida unga oshirilgan to'pni sezmay qoldi.

17. GOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLL!!! Xoldorxonooooooooooovvvvv!!! Uh-uh, baqiraverib, tomog'im og'rib qoldi-ya!


14. Iroqliklar maydon chetiga etibordan chetda qolgan bayroqchali amaki yonidan to'pni o'yinga kiritadi.

12. Xoldorxonov hujum chog'ida raqibiga otalarning gapiga kirmagan quloqsiz bolalariga tortadigan "lepyoshkanon" zarbadan berib yubordi.

10. Bir-biriga uzatmalar oshirib zerikkan o'zbekistonliklar "Olaqol" deya raqiblariga to'pni topshirib qo'ya qolishdi.

6. Fayzullaev o'zi uchun begona bo'lgan nuqtadan standart vaziyatni amalga oshirdi, ammo uning uzatmasidan so'ng raqiblar o'zbekistonlik muxlislarning birrovga yuragini hayiqtiradigan qarshi hujum amalga oshirdi. Yaxshiyamki, ushub ertak yaxshilik bilan yakunlandi.

2. Iroqlik futbolchi Boymurodov bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, ammo umring uzun bo'lsin deyish bilan birga, qo'ling ham uzun bo'lsin degan ibratni eshitgan O'zbekiston posboni uzun qo'llari bilan to'pni qaytarib yubordi.

2. Rahmonalievning zarbasi yo'liga iroqlik futbolchi bouling shariklariga uloqtirilgan to'p misoli tashlandi.

1. Iroqlik himoyachining uzatmasiga uning hujumdagi sherigi Useyn Bolt bo'lsa ham etolmasdi.

1. Uchrashuvni iroqliklar boshlab berdi.

Bugun nominal mezbon sifatida harakat qiladigan Iroq o'yinchilari oq, O'zbekiston futbolchilari esa ko'k rangli libosda harakat qiladi.


Kutib olamiz, jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Madhiyalar yangradi. "Suyunchi" filmidagi SHermat tili bilan aytganda, eng muhimi, oilamiz, jamoamiz shanini himoya qilish...


Futbolchilar chigalyozdi o'tashdi, fontanlar qiqirladi, o'yinga hamma narsa shay.

Bugun ikkala jamoa ham 4-5-1 sxemasida uchrashuvni boshlaydi. Iroqliklar safida Ali Jasim, O'zbekiston termasi safida esa Xoldorxonov oldingi chiziqda harakat qiladi.

Jamoalar chigalyozdi mashqlarini bajarishmoqda. Tribunalar ham asta-sekinlik bilan to'lmoqda. Bugun tribunalarda Eshmatni ham, Toshmatni ham uchratishingiz mumkin.

Iroq – O'zbekiston. Muxlislar o'z joylarini egallashmoqda

U-20 Osiyo kubogi. O'zbekiston va Iroq terma jamoalari stadionga etib keldi


Ikkinchi tur avvalida Iroq ustozi O'zbekistonga qarshi uchrashuv qiyin o'tishini takidladi. Biroq O'zbekiston bir kun keyin o'yin o'tkazgani iroqliklarga ustunlik berishini aytib o'tdi. Ravshan Haydarov esa birinchi turdagi g'alaba hech narsani hal qilmasligini, har bir o'yin O'zbekiston uchun ahamiyatli ekanligini takidlagandi.


Assalomu alaykum, qadrli futbol ixlosmandlari! Bugun "Bunyodkor" stadionida U-20 Osiyo kubogining 2-turidan o'rin olgan O'zbekiston — Iroq uchrashuvini birgalikda kuzatib boramiz. Birinchi turdan so'ng ikkala jamoa ham peshqadamlik qilmoqda. Jumladan, musobaqa mezbonlari ilk turda Suriyani, Iroq esa Iordaniyani 2:0 hisobida mag'lub etishga musharraf bo'lgan.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика