U-20 Osiyo kubogi. Indoneziya futbolchisi jarohat tufayli turnirni o'tkazib yuboradigan bo'ldi
01 mar 2023 20:31
Yangiliklar
U-20 Osiyo kubogi. Indoneziya futbolchisi jarohat tufayli turnirni o'tkazib yuboradigan bo'ldi
Ushbu jamoa O'zbekiston bilan bir guruhdan joy olgan.
Indoneziya U-20 terma jamoasi yarim himoyachisi Zanadin Fariz turnir boshlanishidan avval jiddiy jarohat olib, musobaqada ishtirok eta olmasligi malum bo'ldi.
Xabar qilinishicha, Fariz Yangi Zelandiyaga qarshi uchrashuvda jarohat olgan va u turnirda ishtirok etadigan 23 nafar futbolchi qatoriga kiritilganiga qaramay, musobaqaga qadar sog'ayishga ulgurmasligi malum bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Indoneziya yoshlari "A" guruhida O'zbekiston, Iroq va Suriya bilan bir guruhdan joy olgan.
Fikrlar