U-20 JCH. Yangi Zelandiya murabbiyi: "Biz mag'lub bo'lmadik, aksincha, bir ochko qo'lga kiritdik"
24 may 2023 03:54
Yangiliklar
U-20 JCH. Yangi Zelandiya murabbiyi: "Biz mag'lub bo'lmadik, aksincha, bir ochko qo'lga kiritdik"
20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida o'tkazilayotgan jahon chempionatining 2-turi doirasidagi O'zbekiston - Yangi Zelandiya uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Darren Bazeley o'yin haqida fikr bildirdi.
"Bilaman, kayfiyatimiz biroz pasaydi. CHunki 90 daqiqa hisobda oldinda borgandik, ammo o'yindagi qatiylik, dadillik shunchaki aqlbovar qilmas darajada.
O'zbekiston juda yaxshi jamoa va ular bizga katta bosim o'tkazdi. Afsuski, bosim oshgan sari yakunda bitta hujumga dosh berolmadik.
Yigitlar qiyin o'yin o'tkazishdi. Biroq shogirdlarim mag'lub bo'lmadi, aksincha, jahon chempionatida yana bir ochkoni qo'lga kiritdi. Bizni oldinda yana bir o'yin kutib turibdi.
Biz ko'proq hujum qilishni, ko'proq zarbalar yo'llashni va vaziyatlar yaratishni xohlagandik va ikkita qoyilmaqom gol urdik", — dedi okeaniyaliklar ustozi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar