So’nggi yangiliklar

13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  1 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  0 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  3 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  1 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  5 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  6 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  13 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  3 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  10

U-20 JCH. Valentin Barko: "Guruh bosqichidagi raqiblarimiz haqida yaxshi bilamiz va doim etakchi bo'lishga intilamiz" Yangiliklar

U-20 JCH. Valentin Barko: "Guruh bosqichidagi raqiblarimiz haqida yaxshi bilamiz va doim etakchi bo'lishga intilamiz"

Argentina yoshlar terma jamoasi va "Boka Xuniors" klubi himoyachisi Valentin Barko bo'lajak jahon chempionati oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Argentina terma jamoasi tarkibida bo'lish ajoyib. Qolaversa, bu masuliyat talab qiladigan yoqimli tuyg'u hisoblanadi. Qaydnomadan o'rin oldim, o'z ishimni avvalgidek xotirjam va masuliyat bilan bajarishga harakat qilaman. Meni kimgadir taqqoslashi — normal holat, bunga ko'p etibor bermayman. 

Janubiy Amerika mintaqasidagi musobaqaga bora olmadim, biroq Maskerano sabrli bo'lishim hamda chaqiriladigan vaqtim kelishini aytgandi. O'shanda to'pig'imdan jarohatlangandim, bu esa menga tinchlik bermasdi. 

Maskeranoning terma jamoa uchun nima ishlar qilganini barcha biladi. U texnik jihatdan ko'p narsalarni o'rgata oladi. Biz murabbiyning ishonchini oqlashga harakat qilamiz. 

Uning mendan talab qilayotgan jihatini uqib olishga harakat qilaman. Maskerano bilan taktikalar ustida ko'p suhbatlashaman. 

Menga Luka Romeroning o'yini yoqadi. U bilan U-15 va U-19 terma jamoalarida birga to'p tepganmiz. Biz yaxshi juftlik hosil qilgandik. 

Evropa va mahalliy futbolchilarning jismoniy jihatdan farq qiladi, ammo barchamiz yaxshi o'yin ko'rsata olamiz, shu bois Argentina terma jamoasiga chaqirilganmiz. 

Guruh bosqichidagi raqiblarimizning qanday o'yin namoyish etishi, raqibga nima taklif eta olishi va taktik sxemalari haqida ozmi-ko'pmi bilamiz. Biz har doim etakchi bo'lishga intilamiz va qo'limizdan kelgan barcha ishni amalga oshiramiz. SHu bilan birga, muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz", dedi 18 yoshli chap qanot himoyachisi.

Eslatib o'tamiz, argentinaliklar guruh bosqichida O'zbekiston, Gvatemala va Yangi Zelandiya bilan kurash olib boradi. Guruhdagi ilk o'yin yurtdoshlarimizga qarshi o'tkaziladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика