U-20 JCH. S.Arabistoni 2:0ga yuta turib, 3:4 hisobida yutqazdi va boshqa natijalar bilan ham tanishing
29 may 2019 01:30
Yangiliklar


U-20 JCH. S.Arabistoni 2:0ga yuta turib, 3:4 hisobida yutqazdi va boshqa natijalar bilan ham tanishing
Futbol bo'yicha 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi jahon chempionatining bugungi bahslaridan so'nggi ikkinchi tur o'z yakuniga etdi.
Demak, «E» guruhida Franciya termasi Panama ustidan zafar quchib, keying bosqich masalasini ijobiy hal etdi. Guruhdagi ikkinchi o'yinda esa S.Arabistoni vakillari Maliga imkoniyatni boy (3:4) berdi. Qayd etish joizki, saudiyaliklar mazkur bahsda 2:0 hisobida oldinga o'tib olishgandi. Biroq, raqib azolari vaziyatni o'z tomoniga og'dirishga muvaffaq bo'lib, g'alabani ilib ketishdi.
«F» kvartetida esa Argentina termasi Portugaliya (2:0) ustidan, J.Koreya esa JARni minimal hisobda taslim (1:0) etdi. Bu guruhdan pley-offga muddatidan oldin Argentina yo'l oldi.
Eslatib o'tamiz, guruh bosqichining so'nggi tur o'yinlari 29-may kuni boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar