U-20 JCH. Gvatemala Argentinani josuslikda aybladi
22 may 2023 23:11
Yangiliklar
U-20 JCH. Gvatemala Argentinani josuslikda aybladi
U-20 jahon chempionatining 2-turidan oldin gvatemalaliklar shikoyat bilan chiqishdi.
Ertaga yoshlar o'rtasidagi mundialning "A" guruhidan o'rin olgan Argentina — Gvatemala uchrashuvi bo'lib o'tadi. Mazkur o'yin oldidan bahs-munozara yuzaga keldi: gvatemalaliklar mezbonlarni josuslikda aybladi.
Gap shundaki, mezbonlar delegaciyasi vakillaridan biri Gvatemala azolari uchun ajratilgan kiyinish xonasiga kirib, markaziy ameriklarga tegishli o'yin strategiyasi va boshqa hujjatlarni suratga olgan. Bu haqda mehmonlar FIFAga xabar berishgan.
Terma jamoa murabbiyi Rafael Loredo mazkur holatni tasdiqlab, bu adolatdan emasligini aytdi hamda FIFAni tegishli chora ko'rishga chaqirdi.
Eslatib o'tamiz, mazkur guruhdan O'zbekiston va Yangi Zelandiya terma jamoalari ham o'rin olishgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar