U-20 JCH. Amerikaliklar marketing borasida o'rnak bo'lishmoqda
31 may 2023 00:59
Yangiliklar
U-20 JCH. Amerikaliklar marketing borasida o'rnak bo'lishmoqda
Biroz avval U-20 jahon chempionatining 1/8 finalidan o'rin olgan AQSH - Yangi Zelandiya uchrashuvi yakunlandi.
Mazkur uchrashuv avvalida Championat.asia sayti xodimlari Mendosa shahridagi "Estadio Malvinas Argentinas"ga etib kelishdi.
Jurnalistlar uchun ajratilgan tribunaga etib kelishimiz bilan amerikalik marketologlar tomonidan tayyorlangan jurnalga ko'zimiz tushdi.
Unda AQSH yoshlar terma jamoasi takribidagi futbolchilar va murabbiylar shtabi, o'yinchilarning tavallud topgan hududi, shuningdek, terma jamoaning turnirdagi ishtiroki to'g'risida batafsil malumotlar aks ettirilgan.
Qolaversa, Argentinaning diqqatga sazovor joylari, turnir o'tkaziladigan stadionlar ham jurnal sahifalaridan o'rin olgan.
Kelasi yil o'tkaziladigan Osiyo kubogida qo'llash uchun yaxshi namuna.
O’xshash yangiliklar
17:08
O'zbekiston U-20 terma jamoasi Iroq bilan birinchi o'yinda bir to'p farqi bilan g'alaba qozondi 6
Fikrlar