So’nggi yangiliklar

15:21Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди  1 14:53Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин  0 14:28"Атлетик" собиқ президенти: "Уильямс биз учун ўйнашни истамаяпти"  4 13:45Луис Энрике: "Интер Майами"нинг даражаси умуман бошқача"  3 13:21Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас"  3 12:50Маскерано: "Биз бу ўйинда аутсайдермиз"  6 12:14Бруну Лаже "Челси"дан учралган мағлубиятга изох берди  0 11:52Рейна ўз давридаги энг кучли дарвозабонларни санади  10 11:25Энцо Мареска: "Челси" сўнгги ойдаги энг зўр ўйинини ўтказди"  2 10:43МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди  0 10:10“Челси“ “Боруссия Д“ футболчисини сотиб олишга яқин  2 09:38Нико Уильямс “Барселона“га талаб қўйди  9 09:05Суперлига. Бугун 14-тур давом эттирилади  4 08:34"Нефтчи" собиқ футболчисини ортга қайтармоқчи  6 08:03Бугун аёллар терма жамоамиз Осиё кубоги саралашдаги юришини бошлайди  3

⚡️ U-20 Jahon chempionatiga yo'l olgan barcha terma jamoalar nomi malum. O'zbekiston qurada 3-savatchadan joy oladi Yangiliklar

⚡️ U-20 Jahon chempionatiga yo'l olgan barcha terma jamoalar nomi malum. O'zbekiston qurada 3-savatchadan joy oladi

20 may kuni Indoneziyada 20 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi hisob bo'yicha 21 jahon chempionati bahslari start oladi.

Musobaqa 11 iyunga qadar davom etadi va unda qatnashadigan barcha terma jamoalar nomi aniq bo'lib ulgurdi. Kichik mundial guruh bosqichiga qura tashlash marosimi 31 martga belgilangan.

O'zbekiston uchinchi savatchadan joy oladigan bo'ldi. Mezbonlar esa avtomatik tarzda “A” guruhidan o'rin egallaydi.

1-savatcha: Indoneziya, Urugvay, AQSH, Franciya, Senegal, Italiya yoki Janubiy Koreya (reyting ochkolariga qaraladi);

2-savatcha: Angliya, Janubiy Koreya yoki Italiya (reyting ochkolariga qaraladi), Yangi Zelandiya, Braziliya, Kolumbiya, Ekvador;

3-savatcha: O'ZBEKISTON, Nigeriya, Yaponiya, Iroq, Gonduras, Fiji;

4-savatcha: Gvatemala, Dominikan Respublikasi, Gambiya, Isroil, Slovakiya, Tunis.

Malumot o'rnida, musobaqaning amaldagi g'olibi Ukraina (2019 yilda) termasi hisoblanadi. Eng ko'p titulni esa Argentina qo'lga kiritgan – 6 ta (1979, 1995, 1997, 2001, 2005, 2007).

SHuningdek, bu yilgi jahon chempionatida Dominikan Respublikasi va Isroil debyut qiladi. O'zbekistonliklar esa beshinchi marotaba yoshlar o'rtasidagi mundialda qatnashadi va ular ikki bor guruh bosqichida qatnashgan hamda yana ikki marta chorak finalga chiqqan.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика