U-20 Jahon chempionati. Nematjonov dublga erishgan ikkinchi o'zbekistonlik futbolchi
27 may 2023 14:52
Yangiliklar


U-20 Jahon chempionati. Nematjonov dublga erishgan ikkinchi o'zbekistonlik futbolchi
Kecha O'zbekiston U-20 terma jamoasi Gvatemalani 2:0 hisobida mag'lub etdi va nimchorak finalga chiqdi.
Ushbu bahsda O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi SHahzodbek Nematjonov dublga erishdi. Bunga qadar U-20 Jahon chempionatlari tarixida faqat bir marta o'zbekistonlik futbolchi dubl rasmiylashtirgandi. 2015 yilgi Jahon chempionatida Dostonbek Hamdamov Avstriyaga qarshi bahsda ikkita gol urgandi.
O'zbekistonlik futbolchilar orasida U-20 Jahon chempionati to'purari ham aynan Dostonbek Hamdamov hisoblanadi - 3ta gol.
U-20 Jahon chempionatida gol urgan o'zbekistonlik futbolchilar:
Dostonbek Hamdamov - 3ta
Aleksandr Geynrix - 2ta
Abbosbek Maxstaliev - 2ta
Igor Sergeev - 2ta
Sardor Rahmonov - 2ta
Eldor SHomurodov - 2ta
Zabihillo O'rinboev - 2ta
SHahzodbek Nematjonov - 2ta
Islom Inomov - 1ta
SHerzod Karimov - 1ta
Ivan Nagaev - 1ta
Diyorjon Turopov - 1ta
Mirjamol Qosimov - 1ta
Mahmudjon Mahamadjonov - 1ta
Abbosbek Fayzullaev - 1ta
SHerzod Esanov - 1ta
Uzbekistan U20 Shakhzod Nematzhonov - 9', Shakhzod Nematzhonov - 20' |
World Cup U20 Grp. A . 3-tur 27/05/2023, 03:00 0
:
2
Tugadi
|
Guatemala U20 |
O’xshash yangiliklar

Fikrlar