So’nggi yangiliklar

21:03Ўртоқлик учрашуви. ОКМК Беларусь клубига имкониятни бой берди  1 20:35Эшитдик-да! "Навбаҳор"нинг асосий футболчиси легионерга айланиши мумкин  24 20:16Париж-2024. Ҳар бир терма жамоадаги катта ёшли футболчилар  7 19:49Ван Дейк NBA афсонаси Леброн Жеймс билан суратга тушди  4 19:21"Комо" Бонавентурани сотиб олмоқчи  1 19:05Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон – Тожикистон (онлайн ҳисоб)  0 18:53Mirabror Usmanov Cup-2024. Қирғиз Республикаси илк учрашувда Гватемаладан устун келди  2 18:32Сергей Лушчан "Навбаҳор" билан шартнома имзолади   22 18:19"Монако" клуб 100 йиллигига аталган сафар либосини тақдим этди  2 17:53"Мбаппе эффекти": Ҳоланд "Реал"га эмас, "Барселона"га ўтмоқчи  13 17:28"Милан" "Монако" ярим ҳимоячиси бўйича таклиф билан чиқди  0 17:00ПСЖ Угарте учун 70 млн евро хоҳламоқда  0 16:36Расман: Мората – "Милан" футболчиси!  3 16:20"Бухоро"нинг 3 нафар футболчиси жамоадан кетди  1 15:53Сержи Роберто фаолиятини АПЛда давом эттирмоқчи  3

U-20 jahon chempionati. Mundialda porlashi kutilayotgan 5 futbolchi Yangiliklar

U-20 jahon chempionati. Mundialda porlashi kutilayotgan 5 futbolchi

Yoshlar o'rtasidagi mundial Diego Maradona, Lionel Messi va Pol Pogba kabi futbolchilar uchun muhim qadam bo'lgan.

Argentina yashil maydonlarida 20 maydan 11 iyunga qadar bo'lib o'tadigan joriy yilgi turnirda tomosha qilish kerak bo'lgan yulduzlar bilan tanishamiz.

20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi jahon chempionati Diego Maradonadan tortib Lionel Messi, Pol Pogba va Serxio Aguerogacha bo'lgan yorqin futbolchilarning karerasi uchun start maydoni bo'ldi. 

20 may kuni start oladigan musoqabada mashhur klublar etiborini tortishi mumkin bo'lgan yosh o'yinchilar haqida malumot beramiz.


Kendri Paes, 16 yosh (Ekvador)

Paes ro'yxatdagi eng yosh o'yinchi bo'lishiga qaramay, uning imkoniyatlari yuqori baholangan. 2022 yilgi "Next Generation Trophy" turnirining eng yorqin futbolchilaridan biriga aylangan Kendri Paesni dribling jihatdan Lionel Messiga qiyoslashmoqda. 

Paes Ekvador U-17 terma jamoasi safida 10 ta o'yinda maydonga tushib, Argentina va Kolumbiyaga qarshi o'yinlarda raqib darvozasini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'lgan.

Angliya Premer-ligasining nomdor klublaridan biri bo'lgan "CHelsi" 16 yoshli futbolchi uchun 20 million evro to'lashga tayyor turibdi. Jahon chempionatida uzoqroqqa borishni maqsad qilgan Ekvador jamoasining tayanch nuqtasida Paesdan ko'p narsa kutiladi.


Aleks Skott, 19 yosh (Angliya)

Angliya yoshlar terma jamoasi so'nggi vaqtlarda kutilgan o'yin namoyish eta olmayotgan bo'lsa-da, "Bristol Siti" o'yinchisi Aleks Skottning ajralib turishi kutilmoqda. 

19 yoshli yigitcha allaqachon "Manchester Siti" ustozi Pep Gvardiolaning etiborini tortishga ulgurdi. Angliya kubogi doirasida jamoalarning o'zaro to'qnashuvidan keyin ispaniyalik mutaxassis uni aqlbovar qilmas o'yinchi deb atagan. 

Grilishga qiyoslanadigan futbolchi mamlakat yoshlar jamoasi safida 6 uchrashuvda maydonga tushgan, biroq hali o'z nomini tabloga yozib qo'ya olmagan. Argentina maydonlari unga o'z istedodini yuqori bosqichga chiqarish uchun ajoyib imkoniyat taqdim etadi.


Markos Leonardo, 20 yosh (Braziliya)

U-20 Braziliya terma jamoasi safida 10 ta o'yinda 8 ta gol urgan Markos Leonardo mundial to'purarligi uchun kurashadiganlardan biri hisoblanadi. SHuningdek, hujumchi braziliyalik afsonaviy Pelening sobiq klubi "Santos" safida 23 ta to'p kiritgan.

Leonardoning "Santos" bilan 2026 yilgacha mo'ljallangan shartnomasi mavjud, biroq yaqinlashib kelayotgan U-20 jahon chempionati yulduzlaridan biriga Evropaning yirik klublari xaridor bo'lib kelsa, ajablanmaymiz.

Jumladan, kelasi mavsum hujum chizig'iga yangi kuch qo'shishni rejalashtirayotgan Joze Mourinyu murabbiyligidagi Italiyaning "Roma" klubi futbolchiga qiziqish bildirmoqda va 20 million evro taklif qilmoqchi.


Kuinn Sallivan (AQSH)

2022 yilgi U-20 KONKAKAF chempionatining eng yaxshi to'purari bo'lgan Paksten Aaronson AQSH terma jamoasi bilan Argentinaga bormagan bo'lsa-da, amerikaliklar safida jamoaning eng yaxshi ikkinchi to'purari etib kelgan.

Kuinn Sallivan AQSH U-20 terma jamoasi safida 13 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urgan, shu jumladan, o'tgan yili Santo Domingoda o'tkazilgan qita turnirida 6 ta golni rasmiylashtirgan.

Ammo faqatgina raqib darvozasiga to'p yo'llash Sallivanning yagona xislati emas. "Filadelfiya Yunion"ning yosh futbolchisi jamoa tarkibida beshta golli uzatmani ham amalga oshirib, bu boradagi iqtidorini ham ko'rsatib qo'ydi.

Bo'lajak jahon chempionatida mamlakat tomonidan futbolchiga har qachongidan ham ko'proq ishonch bildiriladi.


Luka Romero, 18 yosh (Argentina)

Argentina ixtiyorida istedodli futbolchilar bisyor, shu jumladan, terma jamoaga jalb etilgan "Manchester Siti" azosi Maksimo Perrone noyoq istedod sohibi sanaladi.

SHu bilan birga, A Seriyada 14 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urgan 18 yoshli Luka Romeroga ham etibor qaratish lozim.

Argentinalik yosh yulduzlarni taqqoslash odatiga aylanganidek, Romeroni ham "yangi Messi" deya atashmoqda. Lukadan 2005 yilgi U-20 Jahon chempionatida o'z mamlakatini g'alaba sari etaklagan Messi singari etakchiga aylanishni kutishmoqda.

Oqil Abdubarnoev tayyorladi

U-20 jahon chempionatining eng qimmat 5 nafar futbolchisi 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика