U-20 Arab Kubogi. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi uchinchi o'yinda ham mag'lubiyatga uchradi
28 iyu 2021 06:58
Yangiliklar
U-20 Arab Kubogi. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi uchinchi o'yinda ham mag'lubiyatga uchradi
Guruhdagi har uchala o'yinda mag'lub bo'lgan futbolchilarimiz 0 ochko bilan oxirgi o'rinni band etishdi. Aytish mumkinki, ushbu musobaqada O'zbekiston U-18 terma jamoasi ishtirok etib, o'zidan ikki yosh kattalarga qarshi to'p tepdi.
O'zbekiston U-18 jamoasi dastlabki ikki turda Saudiya Arabistoni va Tunisga imkoniyatni boy bergandi. Kecha bo'lib o'tgan uchinchi bahsda yosh futbolchilarimiz Yamanga qarshi 1:3 hisobida mag'lub bo'lishdi.
Eslatib o'tamiz, U-20 Arab Kubogi guruh o'yinlarida 16ta jamoa ishtirok etdi:
"A" guruhi - Misr, Niger Respublikasi, Mavritaniya, Jazoir.
"B" guruhi - Marokash, Tojikiston, BAA, Djibuti.
"C" guruhi - Senegal, Livan, Iroq, Komor orollari.
"D" guruhi - Tunis, Yaman, Saudiya Arabistoni, O'zbekiston.
Barcha guruhlarda uchrashuvlar o'z yakuniga etdi va keyingi bosqichga yo'l olgan jamoalar malum bo'ldi.
1/4 final juftliklari:
29 iyun. Misr - Tojikiston
29 iyun. Marokash - Jazoir
30 iyun. Senegal - Saudiya Arabistoni
30 iyun. Tunis - Komor orollari
Fikrlar