So’nggi yangiliklar

19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  0 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  4 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  5 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  0 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  2 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  1 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  6 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 16:20"Андижон"га янги дарвозабон ва мураббий келмоқда  8 16:069 нафар ҳакам ўйин натижаларига таъсир кўрсатишда гумонланмоқда  5 15:55Эшитдик-да! "Навбаҳор" яна икки нафар бразилиялик футболчини олиб келмоқчи  11 15:32Улар ҳақида эртага ҳам гапиришади: биринчи давранинг кашфиётлари кимлар бўлди?  1 15:10Авазбек Ўлмасалиев: "Иккинчи даврада ўз ўрнимизни қайтарамиз, ОКМК курашдан чиққани йўқ"  0 14:45Энрике Доннарумма ҳақида: "Жижжо яхши инсон эканини ҳамма билади. Мусиалага тезроқ соғайишини тилаймиз"  6 14:32"Андижон"га польшалик ҳимоячи келмоқда  10

U-19 yoshlar o'rtasidagi Osiyo CHempionati taqvimi tasdiqlandi Yangiliklar

U-19 yoshlar o'rtasidagi Osiyo CHempionati taqvimi tasdiqlandi

Osiyo Futbol Konfederaciyasi 13-30 oktyabr kunlari Bahraynda bo'lib o'tadigan U-19 yoshlar o'rtasidagi Osiyo CHempionati taqvimini tasdiqladi.

Bahrayn mezbonlik qiladigan mazkur Osiyo CHempionati bahslari 13 oktyabr kuni "A" guruhidagi ikki uchrashuv bilan start oladi. Unda, mezbon – Bahrayn yoshlar terma jamoasi Saudiya Arabistoni yoshlariga qarshi maydonga tushsa, yana bir uchrashuvda Tailand Janubiy Koreyaga qarshi o'ynaydi.

Eslatib o'tamiz, mazkur Osiyo chempionatida Jasur Abduraimov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi ishtirok etadi. Saralash bahslarini muvaffaqiyatli o'tkazib, Osiyo CHempionatida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi quraga ko'ra musobaqaning "D" guruhidan joy olgan. Jasur Abduraimov jamoasi turnirdagi ishtirokini guruh bosqichning ilk turida 15 oktyabr kuni Tojikiston yoshlar terma jamoasiga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Ikkinchi turda O'zbekiston yoshlari Avstraliyaga qarshi maydonga tushishsa, guruh bosqichi so'nggi turida Xitoyga qarshi o'ynaydi.

Malumot o'rnida, musobaqa o'yinlari "Khalifa Sport City Stadium" hamda "Bahrain National Stadium" stadionlarida bo'lib o'tadi. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi guruh bosqichi uchrashuvlarini "Khalifa Sport City Stadium"da o'ynaydi.

U-19 yoshlar o'rtasida Osiyo CHempionati.
13-30 oktyabr. Bahrayn.

"D" guruhi.
1-tur.
15 oktyabr.

O'zbekiston – Tojikiston (Toshkent vaqti bilan soat 18:30)
Xitoy – Avstraliya (soat 21:30)

2-tur.
18 oktyabr.

Tojikiston – Xitoy (18:30)
Avstraliya – O'zbekiston (21:30)

3-tur.
21 oktyabr.

O'zbekiston – Xitoy (21:30)
Avstraliya – Tojikiston (21:30).

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика