So’nggi yangiliklar

20:23"Арсенал" Родриго билан музокараларни бошлади  4 20:10Ўзбекистон Кубоги. “Бунёдкор” — “Локомотив”, “Бухоро” — “Наманган ФА”, “Қўқон-1912” — Қизилқум”, “Замин” — “Андижон ФА”  6 19:48Ўзбекистон Кубоги. "Локомотив" 6 очко тўплаган бўлсада гуруҳда қолиб кетди, "Қўқон-1912" ва "Қизилқум" кейинги босқичда  7 18:45Франция терма жамоасига чақирилганлар рўйхати эълон қилинди  9 18:27"Футбол олами". Олмалиқда триллер, "Навбаҳор", "Пахтакор" ва "Насаф"нинг сафардаги ғалабалари — 10-тур ҳақида батафсил   2 17:13Жаҳон чемпионати бошланди. Бугун Ўзбекистон ўйнайди  2 16:57АПЛнинг жорий мавсумдаги энг ёмон трансферлари эълон қилинди (ТОП 10)  2 15:48Роналдунинг фитнес-браслети унинг биологик ёши 29да эканини кўрсатди: "Демак, яна 10 йил ўйнайман"  11 15:14Европа лигаси финали учун превью: "Тоттенхэм" - "Манчестер Юнайтед"  6 14:22МЮ ва "Тоттенхэм" мухлислари Бильбаодаги Европа лигаси финали олдидан Сан-Себастьянда муштлашишди  4 13:40Марказий Осиё. Қозоғистон ва Қирғиз Республикасида пешқадам ўзгарди, "Истиқлол" мағлубиятга учради, "Аркадағ" эса...  4 13:23Дель Пьеро мураббийлик лицензиясини олди: "Бугундан бошлаб мени "мистер" деб аташингиз мумкин"  7 12:21Агар МЮ Европа лигасида ғалаба қозонса Делап "қизил иблислар"га ўтади  9 11:49"Манчестер Сити" стадион ёнида де Брюйне ҳайкали ўрнатилади  1 10:51Беллингем фаолиятини Германиянинг ТОП жамоаларидан бирида давом эттириши мумкин  1

U-19 Osiyo chempionatiga saralash. Iroqdagi o'yinlar Ummonga ko'chirildi, Tailand bir o'yinda 21ta gol urdi Yangiliklar

U-19 Osiyo chempionatiga saralash. Iroqdagi o'yinlar Ummonga ko'chirildi, Tailand bir o'yinda 21ta gol urdi

Kelasi yil tarixda birinchi marta O'zbekistonda U-19 Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

6 noyabr kuni qitamizning bir qator davlatlarida saralash o'yinlariga start berildi. Xabaringiz bor, kecha O'zbekiston yoshlar terma jamoasi saralashdagi ilk uchrashuvni Hindistonga qarshi o'tkazib, 2:0 hisobida zafar quchdi. Quyida boshqa guruhlardagi vaziyatga to'xtalib o'tamiz. 

"A" guruhi - Ummon (mezbon), Iroq, Falastin, Quvayt, Pokiston. 

Bu guruhdagi bahslar aslida Iroqda bo'lib o'tishi kerak edi, biroq mamlakatda yuzaga kelgan siyosiy notinch vaziyat tufayli o'yinlar Ummonga ko'chirildi. "A" guruhida saralash bahslari 22-30 noyabr oralig'ida o'tkaziladi. 

  

"B" guruhi - Qatar (mezbon), Yaman, Turkmaniston, SHri Lanka. 

Qatar saralashni yirik g'alaba bilan boshladi. Turkmaniston esa kutilmaganda Yamanga imkoniyatni boy berdi. 

Yaman - Turkmaniston 2:1 

Qatar - SHri Lanka 5:1

 

"C" guruhi - Tojikiston (mezbon), Livan, Suriya, Maldiv. 

Guruhdagi bahslar allaqachon o'z yakuniga etgan va Tojikiston yoshlar terma jamoasi birinchi o'rinni egallab U-19 Osiyo chempionatining ilk ishtirokchisiga aylangan. 

  

"D" guruhi - Eron (mezbon), BAA, Qirg'iziston, Nepal. 

Dastlabki o'yinlarda Eron va BAA yoshlar terma jamoalari ishonchli g'alabaga erishishdi. 

BAA - Nepal 4:0 

Eron - Qirg'iziston 3:0 

 

"E" guruhi - Bahrayn (mezbon), Iordaniya, Bangladesh, Butan. 

Bahrayn va Iordaniya terma jamoalari ilk turda bir xil 3:0 hisobi bilan g'alaba qozonishdi.

Iordaniya - Butan 3:0 

Bahrayn - Bangladesh 3:0 


"F" guruhi - Saudiya Arabistoni (mezbon), O'zbekiston, Hindiston, Afg'oniston. 

Otabek G'ulomxo'jaev shogirdlari Hindistonni ishonchli tarzda mag'lub etishdi. Asosiy raqibimiz Saudiya Arabistoni ham ilk turni g'alaba bilan boshladi. 

O'zbekiston - Hindiston 2:0 

Saudiya Arabistoni - Afg'oniston 1:0 

 

"G" guruhi - Kambodja (mezbon), Tailand, Malayziya, Bruney, SHimoliy Mariana orollari. 

Bu guruhdagi o'yinlar 2 noyabr kuni start olgan. Tailand va Malayziya 6 ochko to'plagan holda yuqori o'rinda borishyapti. Tailand oxirgi o'yinida 21ta gol urdi. 

Tailand - SHimoliy Mariana orollari 21:0 

Malayziya - Bruney 11:0

  

"H" guruhi - Xitoy Taypeyi (mezbon), Avstraliya, Makau, Laos. 

Avstraliya kutilmaganda Laos bilan durang o'ynadi. Xitoy Taypeyi esa Makauga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. 

Avstraliya - Laos 2:2 

Xitoy Taypeyi - Makau 8:0


"I" guruhi - Myanma (mezbon), Janubiy Koreya, Xitoy, Singapur. 

Janubiy Koreya Singapur darvozasiga javobsiz 11ta to'p kiritdi. Xitoy esa Myanmani mag'lub etdi.

Xitoy - Myanma 2:0 

Janubiy Koreya - Singapur 11:0  

 

"J" guruhi - Vetnam (mezbon), Yaponiya, Mo'g'uliston, Guam. 

Vetnamda bo'lib o'tayotgan saralash bosqchini mezbonlar va Yaponiya yoshlar terma jamoasi ishonchli g'alaba bilan boshladi. 

Yaponiya - Guam 10:0 

Vetnam - Mo'g'uliston 3:0 


"K" guruhi - Indoneziya (mezbon), KXDR, Gonkong, SHarqiy Timor. 

KXDR yoshlar termasi Gonkong bilan durang o'ynadi. Indoneziya esa ilk turda g'alaba qozondi. 

KXDR - Gonkong 1:1 

Indoneziya - SHarqiy Timor 3:1 

P.S. Saralash bosqichi reglamentiga ko'ra, 11ta guruh g'oliblari hamda 4ta eng yaxshi ikkinchi o'rin egalari (jami 15ta jamoa) 2020 yil O'zbekistonda bo'lib o'tadigan U-19 Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritadi. Saralashda konkursdan tashqari ishtirok etadigan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi o'z guruhida birinchi yo ikkinchi o'rinni egallasa, unda ikkinchi o'rindagilar orasida eng yaxshi ko'rsatkichga ega beshinchi jamoaga qo'shimcha imtiyoz beriladi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика