U-19 Osiyo chempionati tufayli Superliganing 4ta uchrashuvi joyi o'zgaradi
04 iyu 2020 14:58
Yangiliklar


U-19 Osiyo chempionati tufayli Superliganing 4ta uchrashuvi joyi o'zgaradi
Ushbu musobaqa o'yinlari "Bunyodkor", "Navbahor", "Lokomotiv" va OKMK stadionlarida bo'lib o'tishi kutilmoqda. SHu bois oktyabr oyida mazkur stadionlarda o'tishi rejalashtirilgan Superliga bahslari oldinroqqa ko'chiriladi.
5-tur doirasidagi "Paxtakor" - "Bunyodkor" uchrashuvi "Bunyodkor" stadionida, 18-tur doirasidagi "Bunyodkor" - "Paxtakor" uchrashuvi esa "Paxtakor" stadionida o'tadi.
6-tur doirasidagi "Metallurg" - "Navbahor" uchrashuvi "Navbahor" stadionida, 19-tur doirasidagi "Navbahor" - "Metallurg" uchrashuvi esa "Metallurg" stadionida o'tadi.
6-tur doirasidagi "Mashal" - AGMK uchrashuvi OKMK stadionida, 19-tur doirasidagi AGMK - "Mashal" uchrashuvi esa Bahrom Vafoev nomidagi stadionda o'tadi.
7-tur doirasidagi "Andijon" - "Bunyodkor" uchrashuvi "Bunyodkor" stadionida, 20-tur doirasidagi "Bunyodkor" - "Andijon" uchrashuvi esa "Sog'lom Avlod" stadionida o'tadi.
SHu tariqa "Bunyodkor", "Navbahor", OKMK stadionlarida U-19 Osiyo chempionati vaqtida Superliga bahslari bo'lmaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar