U-19 Osiyo CHempionati: Myanma va KXDR Jahon chempionatiga chiqdi
17 okt 2014 16:42
Yangiliklar

U-19 Osiyo CHempionati: Myanma va KXDR Jahon chempionatiga chiqdi
Myanma davlati mezbonlik qilayotgan Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.
Biroz avval chorak finalning dastlabki ikki o'yini yakunlandi.
Musobaqa mezbonlari BAA bilan kurashdi. Bahs taqdirini ikkinchi bo'lim boshida mezbonlar tomonidan urilgan gol hal qildi. SHunday qilib, guruh bosqichida O'zbekiston bilan durang o'ynagan BAA chorak finalda o'z yurishini to'xtatishga majbur bo'ldi. Myanma esa yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatiga yo'llanma oldi.
Yaponiya va KXDR o'rtasidagi bahsda esa g'olibni aniqlash qiyin bo'ldi. Asosiy vaqt ham, qo'shimcha vaqt ham 1:1 hisobida o'z yakuniga etdi. Penaltilar seriyasida esa omad KXDRga kulib boqdi.
Soat 17:30da yana ikkita chorak final o'yini bo'lib o'tadi. O'zbekiston yoshlari Tailand bilan kurashadi. Yana bir bahs Qatar va Xitoy o'rtasida kechadi.
KXDR yarim finalda O'zbekiston - Tailand uchrashuvi g'olibiga qarshi o'ynaydi.
Myanma - BAA 1:0
Yaponiya - KXDR 1:1 (penaltilar seriyasi 4:5)

Fikrlar