So’nggi yangiliklar

00:54"Реал" "Бенфика"нинг 50 миллионлик футболчисини текинга қўлга киритади  0 00:11"Атлетико" 10 йиллик футболчисини сотиб юборди  0 23:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ - "Реал" 3:0 (матнли трансляция)  113 23:46Карлос Тевес "Тальерес" жамоасини бошқаради  1 23:20ЛаЛига "Реал"нинг сўровига рад жавобини берди  11 22:40"Тоттенхэм" "Вест Хэм" футболчисини 55 млн фунтга сотиб олмоқда, у клуб тарихидаги энг қиммат трансферлардан бирига айланади  0 22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  12 21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  3 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  21 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  18 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  12 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  7 19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  3 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  13

U-19 Osiyo chempionati Ko'ngillilar dasturida qatnashish uchun ro'yxatdan o'tish jarayoni boshlandi Yangiliklar

U-19 Osiyo chempionati Ko'ngillilar dasturida qatnashish uchun ro'yxatdan o'tish jarayoni boshlandi

Bu o'zbekistonlik talabalarga qitadagi nufuzli sport festivallaridan biri bo'lgan U-19 Osiyo chempionati tashkiliy ishlariga o'z hissasini qo'shish uchun qulay imkoniyatdir.

Toshkent shahri, Namangan va Toshkent viloyatlaridagi stadionlarda o'tadigan mazkur chempionatga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish ishlarida 200 nafarga yaqin ko'ngilli talabalar qatnashishi rejalashtirilgan.

Ko'ngillilar Media va teletranslyaciya, mehmondo'stlik xizmati, tarjimonlik va doping nazorati kabi sohalarda yordam ko'rsatadilar.

Ro'yxatdan o'tish millati va jinsi, etnik kelib chiqishidan qati nazar, hozirgi paytda Toshkent shahri, Namangan va Toshkent viloyatlarining birida yashovchi barcha talabalar uchun ochiqdir.

Talablar:
– Nomzod o'zi tahsil olayotgan universitet yoki kollejda birinchi kursni tamomlagan;
– kamida 18 yoshga to'lgan;
– ingliz tilni mukammal bilishi, etarli so'z boyligiga va ravon nutqga ega;
– yuksak madaniyatli, xalqlar-madaniyatlararo muloqotni tushunadigan xushmuomala va mehmondo'st;
– turli kasbiy ko'nikmalarga ega bo'lgan yosh, g'ayratli, fidoyi va mehnatsevar bo'lishi lozim.

Nomzodlarning ushbu sohadagi tajribasi, ikkinchi chet tilini (koreys, xitoy, arab, yapon) bilishi qo'shimcha afzallik hisoblanadi.

Ko'ngillilar dastur davomida quyidagilarga ega bo'lishadi:
– Ko'ngillilar uchun uniforma;
– Bepul ovqatlanish;
– Esdalik sovg'alari;
– Tashkiliy qo'mita transportidan bepul foydalanish;
– Bebaho tajriba;
– Yangi do'stlar;
– Dasturni tamomlaganlik to'g'risida diplom.

Ro'yxatdan o'tish jarayoni:
Sizning yo'lingizdagi birinchi qadam – 2020 yil 6 sentyabrdan kechiktirmay mana bu erda ro'yxatdan o'tish.

Onlayn so'rovnomani to'ldirish uchun 10 daqiqa vaqt ketadi. SHuningdek, passport nusxasi (elektron) va fotosuratingizni joylashingiz zarur bo'ladi.

So'ngra bo'lajak ko'ngillilarni tanlash jarayoni boshlanadi. Dastavval, U-19 Osiyo chempionati Tashkiliy qo'mitasi (LOC) jamoasi arizalarni ko'rib chiqadi va nomzodlarning mezonlarga mos kelishini hal qiladi.

SHundan so'ng, tanlab olingan nomzodlar O'zbekiston futbol associaciyasida suhbatga chaqiriladi. Toshkent shahriga kela olmaydigan talabalar uchun Skype orqali onlayn intervyu tashkil etiladi.

Yakuniy suhbatdan o'tgan ko'ngillilar haqida 2020 yil 15 sentyabrgacha axborot beriladi.

Saralashdan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlar uchun trening mashg'ulotlari uyushtiriladi. Mashg'ulotlar haqidagi malumotlar elektron pochta yoki Telegram messenjeri orqali yuboriladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика