So’nggi yangiliklar

00:11Февзи Давлетов: "Ҳар икки жамоа ҳам ғалаба учун курашди"  0 23:53Чемпионшипнинг икки жамоаси муддатидан аввал АПЛ йўлланмасини қўлга киритди  1 23:32Сергей Лушан: "Бугунги ўйинда дуранг ҳам эҳтимол адолатдан бўлмасди"  2 23:23АПЛ. "Тоттенхэм" - "Ноттингем Форест" учрашуви учун асосий таркиблар эълон қилинди  0 22:47Эрон. Машарипов жамоаси ўз уйида очко йўқотди  1 22:00Суперлига. "Сурхон" фойдаланилмаган пенальти ва иккита гол ҳисобланмаган ўйинда "Навбаҳор"ни мағлуб этди   84 20:15Ўзбекистон терма жамоаси Тошкентга етиб келди  10 19:56"Қўқон-1912" ивуарлик футболчи билан шартномани бекор қилди  3 19:40Эшитдик-да! Ўзбекистон МТЖ БААга эртароқ йўл олади  17 19:20Тошкент халқаро аэропорти Ўзбекистон U-17 термасини кутиб олиш маросимига шай!  12 19:07Суперлига. "Сурхон" – "Навбаҳор". Таркиблар маълум  10 18:39"Реал" "Арсенал" футболчиси учун рекорд даражадаги таклиф тайёрламоқда  6 18:15Ўзбекистон Кубоги. 2-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  0 17:48Остон Ўрунов яна жароҳат олди  17 17:21Англия грандлари Родригога қизиқмоқда  3

U-19 chempionatining o'zbek futboliga foydasi tegadimi? Yangiliklar

U-19 chempionatining o'zbek futboliga foydasi tegadimi?

Bu uslubni avvalroq ham qo'llagandim, uzun maqolalarni o'qishni yoqtirmaydiganlar uchun boshidanoq aytib qo'yaman, foydasi tegadi.

Eng birinchi navbatda milliy chempionatlarimizda ishtirok etayotgan klublar jamoalari uchun tayyor futbolchilarni etkazib beradi. Klublar qoshida shakllantirilgan U-19 yoshlar jamoalarida kashf etilgan iqtidorlar vaqti kelib asosiy jamoa tarkibiga qo'shilsa, bunda transferlarga sarflanadigan mablag'lar tabiiy xolda tejab qolinadi. Yoki Superliga klubi U-21 jamoasini yangitdan shakllantirib o'tirmaydi, o'sha U-19 jamoasiga 3-4 nafar futbolchini qo'shgan xolda U-21 jamoasiga aylantirib qo'yadi, vassalom.

Ikkinchi navbatda esa biz har transferlar oynasi ochilgan vaqtda jamoasini o'zgartiradigan "keldi-ketdi" futbolchilardan qutulamiz. CHunki, yoshlar jamoasida shakllangan tayyor kadr turganida hech bir klub tashqaridan falon summaga keladigan futbolchining yordamiga muhtoj bo'lmaydi.

Uchinchi navbatdagi ehtimol ham bor, ushbu chempionat orqali biz bir klubga Vatan sifatida mehr qo'ygan futbolchilarni kashf etilishiga sababchi bo'lamiz. Misol uchun xatto o'z akademiyasiga ega bo'lmagan klub ham U-16, U-19 jamoalari orqali bir necha nafar yosh futbolchini tarbiyalab olish imkoniga ega bo'ladi. Yillar davomida bir jamoada o'ynab, osh-tuzini ichgan futbolchi uchun o'sha jamoa Vatanga aylanadi. Endi uning uchun jamoasining mag'lubiyati nomusga teng bo'ladi, masalan 0:3 hisobi bilan yakunlangan o'yindan so'ng maydondan bamaylixotir chiqib ketmaydi, kamida ko'zida yosh qalqib turgan bo'ladi. So'ngi vaqtlarda aynan shu kabi xislatlarga ega bo'lgan futbolchilarni Qarshining "Nasaf" klubida ko'rayapman.

U-19 chempionatlari Superliga va Pro-liga klublari o'rtasida tashkil etilayotgani yana bir ayni muddao bo'layapti. Bunda Pro-liga vakili bo'lgan klub qoshida tashkil etilgan U-19 jamoa futbolchisi masalan "Paxtakor" yoki "Nasaf" kabi grand klublar yoshlari bilan ham o'ynash imkoniyatiga ega bo'layapti. Quyida keltirilgan musobaqa jadvaliga etibor qaratsangiz Pro-liga jamoalarining ham natijalari chakki emasligiga guvoh bo'lasiz.

Hammasi yaxshi-yu, ozroq ammo, lekin, biroq ham bor-da. U-19 yoshlar chempionati butun Respublika bo'ylab bir musobaqa jadvali asosida tashkil etilayapti. Bunda Urganchning "Xorazm" klubi yoshlari chempionat doirasidagi o'yin uchun Namanganning "Navbahor" klubi maydoniga borib-kelishiga to'g'ri kelayapti. O'sha mashhur qo'shiqda aytilganidek, "Toshkentdan Xorazmgacha 1100 kilometr" bo'lsa, unda Urganchdan vodiygacha bo'lgan masofani tasavvur qilavering. SHuningdek, yo'lga sarflanadigan mablag'dan tashqari mehmonxona va oziq-ovqat harajatlari ham bor. O'zingiz o'ylab ko'ring, bunday xolat byudjeti kichikroq klublarga qiyinchilik tug'dirmaydimi? 

U-19 chempionatining tashkil etilishi - so'ngi yillarda o'zbek futbolida erishilayotgan yutuqlardan biri deb o'ylayman. Taklifim, kelasi mavsumdan boshlab ushbu chempionat mintaqalarga ajratilib o'tkazilishi kerak. Albatta, avvalgi kabi Superliga va Pro-liga klublari qoshidagi jamoalar birgalikda. Menimcha, bunga ayni vaqtda xududlarda mavjud bo'lgan jamoalarning soni etadi.


Bekzod Tolibov tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика