So’nggi yangiliklar

19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  0 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  0 19:20U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 1:0 (матнли трансляция)  30 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  3 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  1 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  8 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   18 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0

U-17 Osiyo kubogi. O'zbekiston Saudiya Arabistonini yirik hisobda engib, guruh bosqichini peshqadam sifatida yakunladi Yangiliklar

U-17 Osiyo kubogi. O'zbekiston Saudiya Arabistonini yirik hisobda engib, guruh bosqichini peshqadam sifatida yakunladi

U-17 Osiyo kubogi 3-tur o'yini yakunlandi.

Saudiya Arabistoni U-17 - O'zbekiston U-17 0:3

22:15, "Qirol Fahd"

Gollar: 0:1 – 57, Rustamov (penalti), 0:2 – 63, Aliev (Habibullaev), 0:3 – 70, Rustamov.

Saudiya Arabistoni - 22. Vafi Alaklubi 3.Nosir Alfihani 6.Said Aldssari 9.Ablulhadi Matari (17.Salim Abdulloh, 46), 10.Abdulrahmon Sufyoni, 11.Sabri Dahal (7.Alvalid Aloufi, 64), 12.Adel Bin Hibah 13.Osama Aldagmah (19.Muxtar Barnaui, 64), 14.Abdulaziz Asiri 18.Abdulaziz Alfavaz (23.Mahir Tavashi, 72), 20.Abu Bakr Said.

Zaxira: 1.Muhammad Hulayif 2.Yazid Aldosari 4.Turki Naji 5.Muayayad Salim, 8.Tari Said 15.Muhammad Alqarni 16.Habib Al Antaif, 21.Abdulrahmon Alotaibi,

O'zbekiston - 1.Shokirov, 4.Bahodirxonov (s), 5.Murodov, 8.Muhammadov (22.Abdullaev, 46), 9.Sarsenbaev (20.Aliev, 46), 10.Habibullaev, 13.Fazliddinov, 14.Saidmurodov (6.Abdukarimov, 87), 15.Musaxonov (23.Mahmudjonov, 72), 16.Abdumo'minov (7.Hasanov, 63), 17.Rustamov

Zaxira: 21.Rustamjonov, 12.Izboskanov, 18.Shukurullaev, 19.Erimbetov, 2.Botiraliev, 11.Sodiqov, 3.Hakimov.

Ogohlantirish: Musaxonov (35)


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi. O'zbekiston guruh bosqichida 100% natija qayd etib, peshqadam sifatida keyingi bosqichga yo'l oldi.

90+4. Hasanov raqib jarima maydonida ta qulay imkoniyatdan foydalana olmadi.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

88. Alievning zarbasiga aniqlik etishmadi.

87. O'zbekistonda o'zgarish sodir bo'ldi.

79. Rustamovning o'ng qanotdan yo'llagan aylanma zarbasiga aniqlik etishmadi.

76. Adelning jarimadan yo'llagan zarbasi "jonli devor"ga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

75. O'zbekiston jarima maydoni yaqinida jarima zarbasi belgilandi.

72. O'zbekiston tarkibida o'zgarish amalga oshirildi.

70. GOOOOOOOOOOOOOOOL! Rustamov hisobni yirik ko'rinishga keltirdi!

68. Asiri katta tezlikda o'tib ketayotgan Hasanovni qo'pollik evaziga to'xtatib qoldi. 

63. GOOOOOOOOOOOOOOOL! Tezkor qarshi hujumni Aliev muvaffaqiyatli tarzda yakuniga etkazdi!

61. Rustamov chap qanotdan uzatilgan to'pga bosh bilan zarba yo'lladi, noaniq.

60. Saudiyaliklar juda xavfli hujum tashkil etdi, ammo yakunda sustkashlikka yo'l qo'ydi.

59. Abdullaev chap qanotdan raqib jarima maydoniga kirib borishga urindi va burchak zarbasi ishlab oldi.

57. GOOOOOOOOOOOOOOOL! Rustamov o'zi ishlagan penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi! Saudiyalik darvozabon to'p yo'nalishini topa olmadi.

55. Penalti! Rustamovni saudiyalik himoyachilar qo'pollik bilangina to'xtatishga muvaffaq bo'ldi.

50. Salim Abdulloh darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, biroq hakam o'yindan tashqari holatni qayd etdi.

49. Abdulrahmon Sufyonining penaltidan yo'llagan zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi.

48. O'zbekiston darvozasi tomon penalti belgilandi. Bahodirxonov to'p uchun kurashda fol qayd etgan deb topildi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

45. Abubakrning uzoqdan yo'llagan zarbasi ancha noaniq yo'nalish oldi.

42. Zarba! Rustamovning olis masofadan yo'llagan zarbasini Alaklubi qaytardi.

40. Xavfli vaziyat! Matari raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib, zarba yo'lladi, Shokirov o'z mahoratini namoyish etdi.

37. Sarsenbaev o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

35. Muhammadali Musaxonov qo'pol o'yin uchun sariq kartochka oldi.

31. Abdulhadi Matarining jarohati sababli o'yin to'xtatildi. U maydonga qaytdi.

28. Burchak uzatmasidan so'ng o'zbekistonlik futbolchi tomonidan bosh bilan zarba yo'llandi. Vafi Alaklubi yana o'z o'rnida.

26. Habibullaev chap qanotdan markaz tomon harakat qildi va kuchli zarba yo'lladi, ammo unga aniqlik etishmadi.

24. Rustamovning burchak uzatmasi zarbaga aylanib ketdi, biroz noaniq.

23. Rustamov yana o'z omadini sinab ko'rdi, o'zbekistonliklar burchak zarbasi ishlab oldi.

22. Zarba! Qanotdan oshirilgan uzatmadan so'ng himoyachilardan qaytgan to'pga markazda turgan Habibullaev zarba yo'lladi, to'p raqib darvozabonining qo'llariga borib tushdi.

21. Zarba! Rustamovning jarimadan yo'llangan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

15. Saudiyalik hujumchi Matari raqib jarima maydonida himoyachi bilan kurashda yiqildi, ammo hakam o'yin qoidasi buzilmaganini takidladi.

10. Abdumo'minov chap qanotdan raqib jarima maydoniga kirib bordi, ammo saudiyalik himoyachi to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

7. Sarsenbaevga nisbatan fol ishlatildi. O'zbekiston standart vaziyatga ega bo'ldi.

5. Xavfli vaziyat! Sarsenbaev sherigining uzatmasidan so'ng raqib posboni bilan deyarli birga-bir vaziyatga chiqib bordi, biroq yakuniy zarbani yo'llay olmadi.

4. Saudiyaliklarning chap qanotdan boshlagan hujumi xavfli ko'rinish oldi, ammo yakunda to'p aynan ulardan maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

1. O'yinni saudiyaliklar boshladi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Saudiya Arabistoni yashil, O'zbekiston oq rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика